Bayram dasturxoni uchun ayni muddao bo‘lgan yana bir shirinlik retsepti bilan tanishing.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tayyor biskvitli rulet – 400 gramm;
- plastinkali jelatin – 8 dona;
- yogurt – 300 gramm;
- shakar upasi – 100 gramm;
- limon sharbati – 1 choy qoshiq;
- rezavorlar – 250 gramm;
- qaymoq – 500 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
- Rulet bir xil shaklda kesib olinadi. Dumaloq idishga plyonka solinib, rulet bo‘laklari terib chiqiladi.
- Jelatin sovuq suvda 10-15 daqiqaga bo‘ktiriladi. Yogurt shakar upasi va limon sharbati bilan aralashtiriladi.
- Jelatin suvdan olinib, bug‘da eritiladi va 2-3 osh qoshiq yogurt bilan aralashtiriladi.
- Qolgan yogurt, rezavorlar ham jelatin bilan aralashtiriladi.
- Qaymoq mikser yordamida ko‘pirtiriladi.
- Krem va yogurt asta-sekin aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan massa rulet ustidan quyiladi va yana ruletning qolgan qismi terib chiqiladi.
- Tortning ustki qismi plyonka bilan yopilib, 4-5 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
- Tortni dasturxonga tortishdan avval dumaloq idish ehtiyotkorlik bilan aylantirib qo‘yiladi. Shundagina tortning shakli chiroyli chiqadi.
Yoqimli ishtaha!