Buyuk Britaniyada ko‘zi ojiz odamlarning ko‘z nurini tiklash maqsadida yangi kashfiyot qilindi. Unda klinik sinov o‘tkazilib, odam sochidan ham yupqa bo‘lgan elektron chip ko‘zi ojiz odamga o‘rnatildi. Natijada 38 nafar keksa bemor qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Gap Prima nomli 2 millimetr hajmdagi mikrochip haqida ketmoqda. U ko‘z to‘r pardasining markaziga joylashtiriladi. Ko‘rish va yozishga yordam berish uchun bemorlarga kichik kompyuterga ulangan videokameradan iborat kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklari beriladi, ular bemorning belbog‘iga mahkamlanadi. U o‘qishni osonlashtirish uchun kattalashtirish funksiyasini o‘z ichiga oladi. Ko‘zoynakdagi kamera tasvirni chipga yuboradi, chip esa miyaga signallar uzatib, ko‘rish hissini qayta faollashtiradi.

BBC

Klinik sinov natijalariga ko‘ra, bemorlarning 84 foizi yana o‘qishni boshlagan. Ular chipdan foydalangan holda harflar, raqamlar va yozuvlarni ko‘ra olmoqda. Shifokorlar bu texnologiyani “ko‘rish tarixida yangi davr” deb atamoqda.

Bu yondashuv ayniqsa quruq makulyar degeneratsiya kasalligidan aziyat chekayotganlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu kasallikda markaziy ko‘rish asta-sekin yo‘qoladi. Hozirgacha ushbu kasallikning samarali davosi yo‘q edi.

Mikrochip implantni o‘rnatish amaliyoti ikki soatdan kamroq vaqt davom etadi. Jarayondan keyin bemorlar ko‘rishni tiklash uchun bir qancha mashg‘ulotlardan o‘tadi. Bunda chipni o‘rnatishning o‘zi kifoya emas – undan foydalana olish uchun mashg‘ulot va moslashuv zarur.

“Avvallari ko‘zimda ikkita qora doira bor edi, o‘qishning imkoni yo‘q edi. Endi yana o‘qiy olyapman – bu men uchun ajoyib his”, degan sinovda qatnashgan bemorlardan biri.

author info

Dilafruz Mirzayeva

От qwert.uz