Ilgari odamlar idish-tovoqlarni hayvon yog‘lari va ishqorlardan tayyorlangan kir sovun bilan yuvgan, xantal kukuni yoki sodadan foydalangan. Bugungi kunda esa har bir oshxonada tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lgan idish yuvish vositasi bor.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ba’zilar bu moddalar chayilgandan so‘ng likopcha va piyolalarda qolib ketishi, oziq-ovqat yoki suv bilan birga organizmga tushib, unga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirlanadi: astma, gormonal buzilishlarni keltirib chiqarishi, bepushtlikka olib kelishi yoki saraton kasalliklari xavfini oshirishi kabi. Keling birgalikda shu savollarga javob izlab ko‘ramiz.

Idish yuvish vositalarining tarkibi qanday?

Idish yuvish vositalarining asosiy tarkibiy qismi — sirtqi faol moddalar yoki SFM. Bu kimyoviy birikmalar kir va yog‘ni tutib, ushlab turadi, shundan so‘ng suv bilan yuvilib ketadi. Shu sababli ular kosmetika mahsulotlari va maishiy kimyo vositalari tarkibiga qo‘shiladi.

Idish yuvish vositalarida ikki turdagi SFM uchraydi — anionli va noionogen. Birinchisi ko‘p ko‘pik hosil qiladi va qattiq zarrachalarni yaxshi tozalaydi. Ikkinchisi ham kirlarni yomon tozalamaydi, lekin yaxshi ko‘pirmaydi, biroq inson terisiga kamroq ta’sir qiladi.

Как сделать средство для мытья посуды: 5 эффективных рецептов для чистоты и  экономии своими руками

Shuningdek, vositalar tarkibiga xushbo‘ylantirgichlar, pH regulyatorlari, konservantlar va bo‘yoqlar hamda xelatlovchi moddalar kiradi. Oxirgilari qattiq suvdagi metall ionlarini bog‘lab, ularning anionli SFM bilan reaksiyaga kirishishiga va yuvish samaradorligining pasayishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Idish yuvilgandan keyin unda kimyoviy moddalar qolishi rostmi?

Idishlarni qo‘lda va uy idish yuvish mashinalarida yuvganda buning ehtimoli juda kam. Buni tasdiqlaydigan aniq tadqiqotlar yo‘q, biroq yuvishdan keyin piyola va qoshiqlarda SFM yoki eritmadagi boshqa kimyoviy moddalar qoladi, degan ma’lumotlar ham mavjud emas.

2020-yilda “Roskachestvo” mutaxassislari idish yuvish vositalarining 45 ta mashhur brendini sinovdan o‘tkazib, ularning hech biri likopchalarda kimyoviy iz qoldirmasligi haqida xulosaga keldi.

Shuningdek, xorijlik olimlar idish yuvish mashinasida yuvilgandan so‘ng idishlarda qancha kimyoviy modda qolishini tekshirgan tadqiqot ham mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, uy sharoitidagi idish yuvish mashinasidan keyin idish yuzasida deyarli hech qanday kimyoviy modda qolmaydi, biroq tijoriy mashinalarda — chayish sikli tezlashtirilganligi sababli bunday holat kuzatilishi mumkin. 

Скачать картинки Моющие средства, стоковые фото Моющие средства в хорошем  качестве | DepositPhotos

Idish yuvish vositasi sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkinmi?

Ko‘pchilik vosita tarkibidagi zaharli moddalar likopcha va piyolalar orqali organizmga tushishidan xavotirlanadi. Bu moddalar tanada to‘planib, oxir-oqibat sog‘liqqa putur yetkazishi mumkin, degan hadik bor.

Bu borada hech qanday ilmiy dalil mavjud emas. Hech kim idishlarni kir sovun bilan yuvgan odamlar salomatligini zamonaviy vositalardan foydalanadiganlarniki bilan taqqoslab ko‘rmagan.

Gastroenterolog zamonaviy idish yuvish vositalari ovqat hazm qilish a’zolariga zarar yetkazishi mumkinligi haqida shunday deydi:

— Agar idishlarni oldin ivitib, so‘ngra yuvish vositasi bilan tozalab, ko‘pigi suvda yaxshilab yuvib tashlansa, likopcha va piyolalarda qoladigan vosita konsentratsiyasi shu qadar oz bo‘ladiki, sog‘liqqa hech qanday ziyon yetkazmaydi.

Agarda kimdir doimiy ravishda idishlarni ko‘pikli suvga ivitib, keyin chaymasa, bu shilliq qavatning kimyoviy zararlanishiga zamin yaratishi mumkin. Lekin odatiy maishiy foydalanish haqida gapirganda, buning hech qanday xavfi yo‘q. Jigar va buyraklarda kimyoviy moddalar to‘planib qolishidan ham qo‘rqmasa bo‘ladi — idish yuvish vositalari tarkibida a’zolarda cho‘kib qoladigan og‘ir metallar bo‘lmaydi.

Безопасные средства для мытья посуды: разбираем состав

Shunchaki vositani to‘liq yuvib tashlash, idish yuvish mashinasida esa yuvish siklini oxirigacha yetkazish kerak. Hech qanday muammo yuzaga kelmasligi uchun shuning o‘zi kifoya.

Balki yuqori dozalar inson organlariga ta’sir qilishi mumkindir. Lekin bu farazning ham ishonchli isboti yo‘q. Idish yuvish vositalarining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan ikkita tadqiqotnigina keltirishimiz mumkin.

Bir tajribada olimlar idish-tovoq yuvish mashinalariga mo‘ljallangan chayish vositalari tarkibidagi moddalarning probirkadagi ichak hujayralariga qanday ta’sir qilishini sinab ko‘rishdi. Ma’lum bo‘lishicha, spirt etoksilatlari — noionogen sirt faol moddalarning bir turi — yuqori konsentratsiyada yallig‘lanishni keltirib chiqarishi va ichak to‘sig‘iga shikast yetkazishi mumkin ekan.

Bu gap qo‘rqinchli eshitiladi, biroq bu yerda bir nechta muhim jihat bor. Birinchidan, bu tirik odamlar ustida emas, balki hujayralar ustida o‘tkazilgan tadqiqot. Bu esa faqatgina zarar haqida gipoteza ilgari surishga imkon beradi, xolos, lekin uning mavjudligini tasdiqlamaydi. Ikkinchidan, tajribada yuqori konsentratsiyali eritmalar qo‘llanilgan. Ular tijoriy idish-tovoq yuvish mashinalarida ishlatilishi mumkin bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga mos kelmaydi.

Названы самые эффективные средства для мытья посуды — читать на Gastronom.ru

Yana bir tadqiqot sichqonlar ustida o‘tkazildi. Unda laboratoriya hayvonlariga uch oy davomida suvda eritilgan yuvish vositalari ichirilgan. Tajriba oxirida sichqonlarda hech qanday kasallik paydo bo‘lmagan, lekin jigardagi oksidlanish stressi kuchaygan. Ya’ni jigar hujayralar DNKsini shikastlashi mumkin bo‘lgan reaktiv kislorod shakllariga bardosh bera olmay qolgan.

Ushbu tadqiqot natijalarini odamlarga nisbatan mutlaqo qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki unda sichqonlar ishtirok etgan, ular yuvish vositasi bilan yuvilgan likopchalardan ovqatlanmagan, balki kimyoviy moddalar aralashtirilgan suvni ichgan. Hatto shundan keyin ham ular hech qanday kasallikka chalinmagan.

Shunday qilib, likopcha va krujkalarda qolgan yuvish vositasi qoldiqlari odamlarning ovqat hazm qilish tizimiga qandaydir zarar yetkazadi, deb hisoblash uchun hech qanday asos yo‘q.

Biroq agar odam katta miqdordagi yuvish vositasini ichib yuborsa — bu holat ba’zan kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladi — idish-tovoq yuvish mashinasiga mo‘ljallangan kukunlar jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ular pH darajasi 10 va undan yuqori bo‘lgan agressiv ishqoriy muhitga ega bo‘lib, ovqat hazm qilish a’zolarining kuyishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Yangi Zelandiyada 2000-yillarning boshida 11 nafar bola shunday kukunni yutib yuborib, jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan.

Idishlarni qo‘lda yuvishga mo‘ljallangan vositalar ancha xavfsizroq, chunki ular teri qatlamini shikastlamaydigan qilib ishlab chiqilgan. Agar odam sovunli suyuqlikdan ichib yuborsa nima bo‘lishini aytish qiyin (bunday holatlar qayd etilmagan), lekin o‘ta jiddiy oqibatlar kelib chiqmasligini taxmin qilish mumkin. Eng ko‘pi bilan og‘iz va tomoq yallig‘lanishi, yengil ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kuzatilishi mumkin.

13 лучших средств для мытья посуды 2026: рейтинг топ лучших недорогих  универсальных, биоразлагаемых, органических, гипоаллергенных средств для  мытья посуды с ценами и отзывами

Idish yuvish vositalaridan voz kechish kerakmi?

Idish yuvish vositasini xo‘jalik sovuni, soda yoki xantal kukuni bilan almashtirishingiz mumkin. Bu usul ko‘proq vaqtingizni oladi. Agar qo‘l teringiz ta’sirchan bo‘lsa, idishlarni qo‘lqop kiyib yuvish yoki idish yuvish mashinasini xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

Boshqa hollarda idish yuvish vositalaridan xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Ular idish yuzasidan yuvilib ketadi va ovqat hazm qilish tizimiga hech qanday ziyon yetkazmaydi.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz