Terini quyosh nurlaridan qanday himoyalash kerak va nima uchun endi SPF hatto ofisda ham zarur?

Bahorda teri “qishki rejim”dan chiqadi: u quruqlashib, ta’sirchan bo‘lib qoladi va quyosh nuriga tezroq reaksiya bildiradi. Aprel oyidayoq terini parvarishlash tartibini qanday to‘g‘ri o‘zgartirish va pigmentatsiya paydo bo‘lishining oldini olish haqida kosmetolog Irina Bistrova tushuntirib beradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Tozalash: buzmaslik, balki himoyalash

Bahorda terining himoya qatlamini qo‘llab-quvvatlash muhim. Bunda nimalarga e’tibor berish kerak:

  • yengil teksturali vositalar: penkalar, musslar, sut (molochko);
  • neytral pH;
  • agressiv sirtqi faol moddalarning yo‘qligi.

Yuzni qanday to‘g‘ri yuvish kerak:

  • avval vositani kaftingizda ko‘pirtiring;
  • yuzga bosimsiz, yumshoq harakatlar bilan surting;
  • qaynoq emas, iliq suvdan foydalaning;
  • so‘ng terini sochiq bilan artmasdan, ohista quriting.

Nimalardan saqlanish kerak:

  • sovun;
  • spirtli losyonlar.

Agar yuzni yuvgandan keyin teri tortishib qolsa, demak, uning himoya qatlami allaqachon zararlangan.

Что такое эксфолиация кожи - виды, польза и советы по уходу

Eksfoliatsiya: nazorat ostida yangilanish

Terini yangilash muhim, lekin bahorda buni me’yorida amalga oshirish kerak. Jarayon haftada bir martadan ko‘p takrorlanmasa, ayni muddao bo‘ladi.

Mos keladigan vositalar:

  • enzim pudralar;
  • past konsentratsiyadagi yumshoq AHA-kislotalar;
  • mineral niqoblar.

Ammo shuni yodda tutingki:

  • agressiv skrablar ishlatmang;
  • yallig‘lanish yoki yuqori sezuvchanlik bo‘lsa, bu bosqichni vaqtincha o‘tkazib yuboring.

Eksfoliatsiyaning vazifasi terini shikastlash emas, balki uning mikrorelyefini tekislashdir.

Toniklash: parvarish samaradorligini oshiruvchi bosqich

Ko‘pchilik o‘ylaganidek, tonik qo‘shimcha vosita emas, balki parvarish tizimining muhim qismidir. U nima qiladi:

  • yuz suv bilan yuvilgandan so‘ng pH darajasini tiklaydi;
  • suvning qattiqligi ta’sirini kamaytiradi;
  • keyingi vositalarning samaradorligini oshiradi.

Bahorda tarkibida spirt bo‘lmagan namlantiruvchi vositalarni tanlagan ma’qul. Agar teringiz sezgir bo‘lsa, mistdan foydalaning yoki vositani paxtali disk bilan emas, kaftingiz bilan surting.

Teri qanchalik yaxshi tayyorlansa, faol komponentlar shunchalik samarali ishlaydi.

Namlantirish va himoya qatlamini tiklash

Миф о домашнем дне без SPF: почему ультрафиолет достаёт вас даже под крышей  | Lifestyle | Селдон Новости

Bahorda teri ko‘pincha namlik tanqisligini boshdan kechiradi, bu esa uning tarangligi va jilosiga ta’sir qiladi. Parvarish vositalarining tarkibiga e’tibor qarating. Bizga quyidagilar kerak:

  • gialuron kislotasi;
  • aloe vera;
  • lipid komponentlari (masalan, moylar).

Agar teringiz quruqlikka moyil bo‘lsa, E vitaminli zardob qo‘shing va antioksidant komplekslardan foydalaning.

Oziqlanish: ichkaridan qo‘llab-quvvatlash

Terining holati bevosita ovqatlanish ratsioniga bog‘liq. Shuning uchun menyuga quyidagilarni qo‘shing:

  • omega-3 (baliq, yong‘oqlar, zig‘ir urug‘lari);
  • A va E vitaminlari (ko‘katlar, sabzavotlar);
  • antioksidantlar (rezavorlar, dukkaklilar, pomidorlar).

Nimalarni kamaytirish kerak: yuqori glisemik indeksli mahsulotlarni. Ortiqcha shakar glikatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, bu esa terining barvaqt qarishiga olib keluvchi omillardan biridir.

Бърза риба на тиган с лимон и чесън

SPF: mavsumiy tanlov emas, asosiy standart

Hatto bahor boshida ham ultrabinafsha nurlar teriga biologik ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli quyoshdan himoyalovchi vositadan foydalanish juda muhim.

Qanday foydalaniladi:

  • har kuni SPF 30;
  • ertalabki parvarishning yakuniy bosqichi sifatida;
  • tashqariga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin surtish kerak.

Nima uchun bu muhim:

  • qarishning oldini oladi;
  • giperpigmentatsiya xavfini kamaytiradi;
  • hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi.

Agar siz SPFdan foydalanmasangiz, avvalgi barcha bosqichlarning samarasi pasayadi.

2026-yilda SPF: shunchaki himoya emas

СПФ крем: для чего нужен SPF и как выбрать солнцезащитный крем на каждый  день. Спорт-Экспресс

SPFga zamonaviy yondashuv nafaqat quyoshda kuyishning oldini olishga, balki ko‘proq uzoq muddatda teri sifatini saqlab qolishga qaratilgan.

Nurlanishning ikki turi mavjud:

  1. UVA — terining derma qatlamigacha chuqur kirib borib, fotoqarish va pigmentatsiyani yuzaga keltiradi;
  2. UVB — teri yuzasiga ta’sir qilib, kuyishga sabab bo‘ladi.

Shu sababli ham keng spektrli (UVA + UVB) himoya vositalarini tanlash muhim. Hozirda quyoshdan himoya kunduzgi kremlar, makiyaj asoslari va tonal vositalar tarkibiga qo‘shilmoqda. Ammo alohida SPF qatlamini surtish baribir majburiy bo‘lib qolaveradi.

Ofis-chi, unda nima qilish kerak?

Siz quyoshga chiqmasangiz ham, ultrabinafsha nurlar teringizga ta’sir qilishda davom etadi, chunki oyna UVA nurlarni o‘tkazadi. Ekranlar va sun’iy yorug‘lik esa teri yoshligining asosiy dushmani sanalgan oksidlanish stressini kuchaytiradi.

Shuning uchun yozda ofisda yengil teksturali va SPF 15–30 bo‘lgan vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz