12 nafar nabiraning buvisi professional sportchi emas. Oldingi rekord ham aynan uning o‘ziga tegishli edi.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Kanadalik 61 yoshli ayol besh soat planka holatida turib, jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Instagram/worldseniorgames

50 yosh va undan katta sportchilar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik musobaqa — faxriylar o‘rtasidagi Huntsman jahon o‘yinlarida (Huntsman World Senior Games) ajoyib natija qayd etildi. Kanadalik 61 yoshli Donna Jin Uayld planka holatida besh soat turib, ayollar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi.

Bu voqea 6-oktyabr kuni sodir bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, rekordchining professional sport karyerasi yo‘q. U ilgari maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, hozirda esa nafaqada. Donna besh nafar farzand va 12 nafar nabiraning buvisidir.

Avvalgi rekord ham unga tegishli edi

Yana bir e’tiborga molik jihat shundaki, avvalgi rekord ham aynan Uayldga tegishli edi. U o‘shanda 4 soat 30 daqiqa 11 soniya planka holatida turib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.

Uayldning besh soatlik rekordi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Video 4 milliondan ortiq marta ko‘rildi. Huntsman o‘yinlari bosh direktori Kayl Keysning aytishicha, bu yosh cheklovchi omil bo‘la olmasligining yorqin isbotidir.

“Jamiyat yosh odamni cheklashi mumkinligi haqida gapirishi mumkin, ammo unday emas. Biz o‘zimiz yoqtirgan, ishtiyoq bilan bajaradigan, o‘zimiz va atrofimizdagilar uchun foydali bo‘lgan ishlarni doim qilishimiz mumkin”, dedi u.

Dilafruz Mirzayeva

muxbir

Dilafruz Mirzayeva

От qwert.uz