Vitaminlar o‘zlashtirilishini yaxshilaydigan 6 mahsulot uyg‘unligi

Bahorda ko‘pchilik o‘z taomnomasini “boyitishga” harakat qiladi: ko‘proq ko‘kat, sabzavot, rezavor mevalar qo‘shadi, vitaminlar sotib oladi va mavsumiy yangilanishga e’tibor qaratadi. Biroq nafaqat mahsulotlar ro‘yxati, balki ularning o‘zaro qanday uyg‘unlashishi ham muhimdir.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Sabzi + sariyog‘ (gxi) yoki zaytun moyi

Sabzi, qovoq, batat va boshqa shu kabi sabzavotlar beta-karotinga boy. Biroq bu yog‘da eriydigan modda bo‘lib, demak, u yog‘larsiz ancha yomon o‘zlashtiriladi. Shunchaki yugurib ketayotib xom sabzini qarsillatib yeyishdan ko‘ra, sifatli yog‘ qo‘shib tayyorlangan taomdan olinadigan foyda ko‘proq bo‘ladi.

Eng yaxshisi — bir qoshiq gxi yoki zaytun moyi bilan pishirilgan sabzi yoki qovoq. Bunday uyg‘unlik ko‘rish, immunitet, shilliq qavatlar va teri holatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bahorda bu ayniqsa muhim: A vitamini quruq havo, quyosh yetishmovchiligi va umumiy charchoqdan so‘ng tiklanishga yordam beradi.

Bargli ko‘katlar + avokado yoki urug‘lar

Ismaloq, rukola, petrushka, karam va boshqa bahorgi ko‘katlar tarkibida K vitamini, folatlar, magniy va antioksidantlar mavjud. Biroq bu moddalarning bir qismi yaxshiroq o‘zlashtirilishi uchun yog‘larni talab qiladi. Shu sababli ko‘katlardan tayyorlangan salatning o‘zi foydali bo‘lsa-da, unga avokado, qovoq urug‘lari yoki sifatli qayla qo‘shilsa, yanada samaraliroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, avokado va urug‘lar taomni to‘yimli qiladi hamda qondagi qand miqdorining keskin oshib ketishining oldini olishga yordam beradi.

Тост с авокадо, пашот и микрозеленью

Qizil bulg‘or qalampiri + yasmiq yoki grechka

Temir moddasining o‘simlik manbalari — yasmiq, loviya, no‘xat, grechka, ismaloq foydalidir, biroq ulardagi temir hayvonot mahsulotlaridagidek faol o‘zlashtirilmaydi. Bu borada S vitamini yordam berishi mumkin. Aynan shuning uchun dukkaklilar va yormalarga askorbin kislotasiga boy mahsulotlar: shirin qalampir, ko‘katlar, brokkoli, ozroq limon sharbati qo‘shish lozim.

Яркое овощное рисовое жаркое

Masalan, dimlangan sabzavotlar va qizil qalampir qo‘shilgan grechka yoki ko‘katlar va limonli qayla solingan yasmiq — bu shunchaki to‘yimli tushlik emas, balki energiya darajasini saqlash uchun oqilona uyg‘unlikdir. Ko‘pchilik holsizlik, uyquchanlik va ish qobiliyatining pasayishidan shikoyat qiladigan bahor faslida bunday taomlar ayniqsa foydali.

Baliq + ko‘katlar va limon

Yog‘li baliq — D vitamini, omega-3 yog‘ kislotalari va to‘laqonli oqsil manbayi. Bahorda bu eng muhim oziq-ovqat guruhlaridan biridir: u asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi, teri holatini yaxshilaydi va organizmning qishdan keyin tiklanishida ishtirok etadi.

Гриль-семга с спаржей и лимонным гарниром

Agar baliq ko‘katlar va limon bilan birga dasturxonga tortilsa, taom yanada foydaliroq bo‘ladi. Nordon muhit va yangi ko‘katlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘tlardagi achchiq moddalar esa safro oqimini me’yorida ta’minlaydi. Bu, ayniqsa, yog‘lar va yog‘da eriydigan vitaminlarning o‘zlashtirilishi uchun muhimdir. Sodda qilib aytganda, bunday taom organizmga nafaqat omega-3 va D vitaminini qabul qilishga, balki ulardan o‘z foydasi uchun samarali foydalanishga ham yordam beradi.

Tuxum va dimlangan sabzavotlar

Tuxum — bahorgi ratsionning juda muhim mahsulotidir. Uning tarkibida yog‘lar, oqsil, xolin, D vitamini, B guruhi vitaminlari va karotinoidlar mavjud. Ayniqsa, tuxumni sabzavotlar: brokkoli, ismaloq, pomidor, qushqo‘nmas (sparya) va qovoqchalar bilan birga iste’mol qilish juda foydali.

Яркая тарелка с гриль-овощами для здорового питания

Birinchidan, tuxum sarig‘idagi yog‘lar sabzavotlardagi yog‘da eruvchi moddalarning so‘rilishiga yordam beradi. Ikkinchidan, bunday uyg‘unlik uzoq vaqt to‘q tutadi, qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi va betartib tamaddi qilish istagini yo‘qotadi. Masalan, ismaloq va ko‘katlar qo‘shilgan omlet yoki dimlangan brokkoli bilan tuxum — oddiy, biroq juda foydali taom bo‘lib, moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi va organizmni tiklanish uchun qurilish materiali bilan ta’minlaydi.

Sut mahsulotlari yoki fermentlangan sabzavotlar + kletchatka

Bahorda nafaqat vitaminlarning o‘zi, balki ichaklar holati haqida ham o‘ylash muhim. Ozuqadagi mahsulotlarni qanchalik yaxshi o‘zlashtirishimiz ko‘p jihatdan aynan shunga bog‘liq. Agar mikroflora buzilgan bo‘lsa, hatto eng “ideal” ratsion ham kutilgan natijani bermaydi.

Маринованные овощи в банках

Shu sababli fermentlangan mahsulotlarni — kefir, ortiqcha shakar qo‘shilmagan tabiiy yogurt, tuzlangan sabzavotlarni kletchatka manbalari bilan birga iste’mol qilish foydalidir. Masalan, chia yoki zig‘ir urug‘lari qo‘shilgan yogurt yoxud asosiy taomga qo‘shimcha sifatida karam tuzlamasi va sabzavotlar. Bunday birikma mikrobiotani oziqlantiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi hamda vitamin va minerallarning sifatliroq o‘zlashtirilishi uchun zamin yaratadi.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz