Aslida u yong‘oq ham emas: grek yong‘og‘ining sog‘liq va go‘zallik uchun foydalari

Yong‘oqlar to‘yimli yegulik bo‘lib, tarkibida foydali yog‘lar, ko‘plab vitaminlar va mikroelementlar bor. Qolaversa, uni o‘zingiz bilan tamaddi sifatida olib yurish, shirinliklar, salatlar, qaylalar va hatto sho‘rvalarga qo‘shish ham mumkin. Bugun dunyodagi eng foydali yong‘oq deb hisoblanadigan grek yong‘og‘i haqida gaplashamiz. 

  — Manba: «Daryo» nashri.

Aslida u yong‘oq emas

Aynan grek yong‘og‘i o‘z “safdoshlari” (bodom, keshyu, xandon pista)orasida faxrli birinchi o‘ringa loyiq. Aslida u yong‘oq ham emas. Botanika nuqtayi nazaridan u danakli meva hisoblanadi va o‘z “qarindoshligi” bo‘yicha shaftoli, gilos yoki olxo‘riga ancha yaqin turadi.

Walnut stock photo

Nega aynan “grek” yong‘og‘i?

Yong‘oq o‘z nomini kelib chiqishiga ko‘ra olgan. U Gretsiyadan keltirilgan. Shu bilan birga, u dunyoning ko‘plab burchaklarida — Xitoy va Hindistondan tortib Kichik va O‘rta Osiyogacha bo‘lgan hududlarda o‘sadi.

“Ma’budlar mevasi”

Grek yong‘og‘ini Qadimgi Yunonistonda uning shifobaxsh xususiyatlari tufayli shunday atashgan. Qadim tabiblarining ta’kidlashicha, bu mahsulotni muntazam iste’mol qilish xotira va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yong‘oqni faqat “tanlanganlar”gina iste’mol qila olgan — oddiy xalqqa esa uni yeyishga ruxsat berilmagan.

Орехи

Yurak va qon tomirlari uchun

Har kuni kamida bitta yong‘oq iste’mol qilish ateroskleroz rivojlanishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yong‘oq tarkibida ko‘p miqdorda omega-3 to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjudligi sababli u yurak urishini me’yorlashtiradi, “yomon” xolesterin darajasini pasaytirib, “yaxshi” xolesterinni oshiradi.

Bundan tashqari, ratsiondagi yong‘oq qon tomirlari tiqilib qolishining oldini oladi va qon bosimini normallashtirishga yordam beradi — infarkt va insult xavfini kamaytiradi.

Qandli diabetdan

Qandli diabetga chalingan bemorlarning yong‘oq iste’mol qilishi ovqatdan keyin glyukoza miqdorining oshishiga to‘sqinlik qiladi, oksidlanish stressi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Yong‘oq mag‘zi moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi va uning keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Foydalar xazinasi

Yong‘oq tarkibida ko‘p miqdorda temir, kobalt, rux, mis, yod, selen, marganes, magniy va fosfor mavjud. Bular organizmning endokrin, asab, qon aylanish, immun va boshqa tizimlarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim mikroelementlar hamda minerallardir.

Bundan tashqari, yong‘oq tarkibida A, E, C, PP, K kabi muhim vitaminlar va B guruhi vitaminlari bor. Ular asab, endokrin va reproduktiv tizimlar uchun foydali bo‘lib, stressni yengishga yordam beradi hamda kamqonlikning oldini oladi.

Go‘zallik uchun

Yong‘oqni muntazam iste’mol qilish teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi. Yong‘oq tarkibidagi biotin (B7 vitamini) terini silliq, elastik qiladi, soch to‘kilishining oldini oladi hamda tirnoqlarini mustahkamlaydi. Shuningdek, yong‘oq tarkibidagi E vitamini sochlar va tirnoqlarga sog‘lom, chiroyli jilo bag‘ishlaydi, teriga esa yorqinlik baxsh etadi.

Hamma narsada me’yor kerak

Декоративный тарт с орехами и фруктами для праздничных торжеств

Yong‘oqlar yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lgani uchun ularni ko‘p iste’mol qilmaslik lozim. Shifokorlar va diyetologlar yosh hamda organizmning umumiy holatiga qarab, kuniga olti donadan o‘n ikki donagacha yeyishni tavsiya qiladi. Ularni choy yoki qahva bilan iste’mol qilish, shuningdek, salatlar, nonushtadagi bo‘tqalar, pashtetlar, shirinliklar va boshqa taomlarga qo‘shib tanovul qilish mumkin.

Ratsioningizga yong‘oq qo‘shayotganda, uning allergiya qo‘zg‘atishi mumkinligini yodda tuting va organizmingizdagi o‘zgarishlarni kuzatib boring.80

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz