Ekspert fikri haqida ko’proq bilib oling.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Hi-Tech Mail muharriri

Uxlashdan oldin smartfondan foydalanish odati tungi hordiq sifatini yomonlashtirishi va asta-sekin organizm holatiga ta’sir qilishi mumkin. Tungi skrolling oqibatlari haqida Krasnogorsk klinika kasalxonasi nevrologiya bo’limi mudiri, nevrolog Svetlana Aleksandrova «Podmoskovye segodnya» saytiga aytib berdi.
Mutaxassisning so’zlariga ko’ra, smartfon ekrani organizmning uyquga tabiiy tayyorgarlik ko’rishiga ta’sir qiladi. Yorug’likning ko’k spektri insonning biologik soatlarini tartibga soluvchi gormon — melatonin ishlab chiqarilishini susaytirishi mumkin. Natijada insonga uxlab qolish qiyinlashadi, uyquning o’zi esa kamroq chuqur bo’lishi mumkin.
Bunda muammo faqat ekran yoritilishida emas. Yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar, yozishmalar va qisqa videolar miyaga allaqachon orom holatiga o’tish kerak bo’lgan paytda uning faolligini ushlab turadi. Shuning uchun hatto o’rinda sakkiz soat yotgandan keyin ham inson charchagan holda uyg’onishi mumkin. Shifokor ta’kidlashicha, uxlashdan oldin gadjetlardan muntazam foydalanilganda uyqu strukturasi buziladi hamda chuqur va REM-bosqichlarining davomiyligi qisqaradi. Ular nerv tizimini tiklash va xotiraning normal ishlashi uchun zarurdir.
Asta-sekin diqqatni jamlash bilan bog’liq muammolar, kun davomida uyqusirash va yuqori charchoq paydo bo me’yoridan ortishi mumkin. Surunkali uyqusizlikda arterial gipertenziya, semizlik, ikkinchi turdagi qandli diabet, xavotirli va depressiv holatlar xavfi ham ortadi. Buning ustiga xotira, immun va yurak-qon tomir tizimlari zarar ko’rishi mumkin.
Shu bilan birga, smartfonning o’zi sanab o’tilgan kasalliklarni keltirib chiqarmaydi. Aleksandrovaning so’zlariga ko’ra, asosiy xavf omili surunkali uyqu buzilishidir. Kechasi smartfondan uzoq vaqt foydalanish ko’zlarda yoqimsiz hissiyotlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bular orasida quruqlik, achishish, charchoq va ko’rishning vaqtincha xiralashishi bor. Zamonaviy tadqiqotlar ekrandan tarqaladigan nur miyaga zarar yetkazishini yoki ko’rish qobiliyatining qaytarib bo’lmaydigan yomonlashishiga olib kelishini tasdiqlamaydi.
Organizm uyquga tayyorgarlik ko’rishga ulgurishi uchun shifokor uxlashdan 30–60 daqiqa oldin smartfondan voz kechishni tavsiya qiladi. Agar buning iloji bo’lmasa, ekran yorqinligini kamaytirish, tungi rejimni yoqish va emotsional to’yingan kontentdan qochish lozim. Mutaxassis kechki skrolling o’rniga qog’oz kitoblar o’qish, osuda musiqalar tinglash yoki nafas mashqlarini bajarishni maslahat beradi.
