
SOS falokat signalining ma’nosini ochib beruvchi ko’plab variantlar mavjud — «Save Our Souls», «Save Our Ship», «Swim Or Sink», «Stop Other Signals», «Save Our Souls» (O’limdan saqlang).
Manba: — «Factodrom.com»
Lekin ularning barchasi faqat yaxshiroq eslab qolish uchun o’ylab topilgan mnemonikalardir, holbuki ushbu signal 1906-yilgi Xalqaro radiotelegraf konferensiyasida standart sifatida qabul qilinayotgan vaqtda abbreviaturaga hech qanday ma’no solinmagan edi.
Hatto SOS harflarining o’zini ham Morze alifbosi ketma-ketligiga (. . . — — — . . .) juda shartli ravishda kiritish mumkin, chunki unda harflararo intervallar yo’q. Ushbu nuqta va chiziqlar kombinatsiyasi esa, yetarlicha uzunligi va simmetrikligi tufayli umumiy signallar oqimida tanib olish va ajratib ko’rsatish uchun boshqalariga qaraganda qulayroq bo’lib chiqqani sababli qabul qilingan.
