Feruz Ahrorov bir necha yil avval gepatit B ga chalingan. O‘z vaqtida davolana olmagani sabab kasallik jigar sirroziga aylangan.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Samarqandlik ayol amakisiga jigarining bir bo‘lagini berib, uning hayotini saqlab qoldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, samarqandlik Feruz Ahrorovda o‘tkazilgan jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan. Feruz Ahrorov bir necha yil avval gepatit B ga chalingan. O‘z vaqtida davola olmagani sabab kasallik jigar sirroziga aylangan.

Bir necha yillar davomida gepatit B ga chalinganim va ahvolim tobora ogʻirlashayotganini hech kimga sezdirmadim. Ichim toʻlib ketgan vaqtlarda hech kimga bildirmay yigʻlab olgan paytlarim ham boʻlgan. Sir ochilgach, onam “Men senga yaxshi qaramaganman”, deb oʻzini ayblashga tushdi — keyin kasal boʻlib qoldi. Onam, turmush oʻrtogʻim, uch nafar farzandim, opam va oʻgʻli mening qaramogʻimda. Shu bois jiddiy davolanish uchun mablagʻ toʻplay olmaganman. Oʻlimdan qoʻrqmaganman, ammo men ketsam oila aʼzolarimning ahvoli nima boʻladi deb koʻp siqilardim. 2023-yilda jigar sirrozining aniq belgilari koʻrina boshladi. Choʻkayotgan odam xasga yopishganidek, men ham oʻzimni har tomonga urib koʻrdim. Toshkentga tabibga keldim. Bunga ketgan pullarga achinmayman, ammo oʻsha tabib qoʻlida komaga tushib qolganimni aytmasam boʻlmaydi.

Videodan kadr

Shundan so‘ng yaqinlari komaga tushib qolgan bemorni Milliy tibbiyot markaziga olib kelgan.

Qarindoshlarim meni Milliy tibbiyot markaziga olib kelgan, komada boʻlganim uchun bularni bilmayman. Onamning “Doʻxtirlarimizga ishonaman” degan gapi bilan operatsiya shu yerda bo‘ldi. Menga akamning qizi Sevinchbonu donorlik qildi. U haqida alohida aytmasam boʻlmaydi. Oʻsha paytda uning goʻdak chaqalogʻi bor edi. Shunga qaramay u donorlik qilaman degan. Toʻgʻrisi, bunday jasorat har kimning qoʻlidan kelmaydi.

Videodan kadr

Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Xarajatlar davlat tomonidan qoplab berildi. Onamning duosi, tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlari bilan hayotga qaytdim. Hozirda Tayloq tumanidagi 34-maktabda direktorlik faoliyatimni davom ettirmoqdaman, deydi Feruz Ahrorov.

XG

Muallif

Xilola Giyosova

От qwert.uz