Mikroelement va antioksidantlarga boy ichimliklardan foydalanib, metabolizmni tezlashtirishga erishishga yordam berishingiz mumkin.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 6 xil choy

Albatta, ozish uchun bitta qandaydir sehrli mahsulot emas, balki ko‘plab turli omillar kerak bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, mikroelementlar va antioksidantlarga boy ichimliklardan foydalanib, metabolizmni tezlashtirishga va o‘z maqsadingizga erishishga yordam berishingiz mumkin. Ana shunday ichimliklardan biri choydir.

Zanjabilli choyimage

Zanjabil choyi eng foydali ichimliklardan biri, shu jumladan, ozish uchun ham samarali hisoblanadi. Gap shundaki, uning tarkibida gingerol va segaol kabi noyob birikmalar mavjud bo‘lib, ular organizmda antioksidant ta’sir ko‘rsatadi va erkin radikallar yetkazadigan zararni kamaytiradi. Bunday zarar organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatib, oksidlanish stressini kuchaytiradi, bu esa vazn ortishiga olib keladi. Shuning uchun zanjabil choyini ratsioningizga albatta qo‘shish kerak.Qancha iste’mol qilsangiz ham, semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot3-Sentabr, 11:49Qancha iste’mol qilsangiz ham, semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulotOrtiqcha vaznni yo‘qotish uchun parhez tutayotganlar ushbu mahsulotlarni qo‘rqmay taomnomasiga kiritishi mumkin.Batafsil o‘qish

Qora choyimage

Bu ichimlik ko‘plab madaniyatlarning muhim qismi hisoblanadi. Yoqimli ta’midan tashqari, qora choy tarkibida kofein (mo‘tadil miqdorda), shuningdek, moddalar almashinuvini rag‘batlantiruvchi foydali ozuqa moddalari mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, qora choyda metabolizmni tezlashtiradigan va vazn kamaytirishga yordam beradigan moddalar ko‘p bo‘lib, ular organizmdagi ortiqcha kaloriya va yog‘larning yoqilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Qora choy tarkibidagi kofein ham moddalar almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi.

Matchaimage

Matcha — nafaqat urf bo‘lgan, balki ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yordam beradigan haqiqatan ham foydali ichimlik. Mashg‘ulotdan oldin ichilgan bir finjon matcha metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi: ichimlik tarkibidagi mikroelementlar yog‘larni oksidlaydi, bu esa moddalar almashinuvi tezlashishini rag‘batlantiradi.Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan ertalabki odatlar19-Sentabr, 11:51Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan ertalabki odatlarMutaxassislar kunning birinchi yarmini qanday tashkil qilish vaznni saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda.Batafsil o‘qish

Ko‘k choyimage

Choyning bu turi, ehtimol, ozmoqchi bo‘lganlar orasida eng mashhur va talabgiridir. Yashil choy yog‘larni yoqishga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Bunday choyni, ayniqsa, mashg‘ulotdan oldin va keyin ichish foydali. Ichimlik tarkibida ko‘p miqdorda katexinlar mavjud bo‘lib, ular yog‘ hujayralarini parchalashda ishtirok etadi.

Ulunimage

Ulun choyi vazn yo‘qotishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, ichimlik tarkibidagi elementlar organizm tomonidan yog‘larning o‘zlashtirilishiga ta’sir qiladi. 2009-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda, olti haftalik tajriba davomida kuniga 8 gramm ulun choyi ichgan ortiqcha vaznli ishtirokchilarning 66 foizdan ortig‘i faqatgina ushbu ichimlikni o‘z ratsioniga kiritgani tufayli taxminan 1 kg vazn yo‘qotgan.Har qanday parhezdan ko‘ra yog‘ni tezroq eritadigan 8 turdagi oziq-ovqat mahsuloti22-Avgust, 09:50Har qanday parhezdan ko‘ra yog‘ni tezroq eritadigan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotiVazn yo‘qotish uchun och qolish shart emas. Faqat kundalik taomnomaga yog‘ni tez va samarali eritadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan qo‘shish kifoya.Batafsil o‘qish

Roybushimage

Boshqa choy turlaridan farqli o‘laroq, roybush tarkibida kofein bo‘lmaydi. Janubiy Afrikadan kelib chiqqan bu giyohli ichimlik, tarkibida aspalatin ko‘pligi tufayli, shakar almashinuvi hamda metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.

XG

Muallif

Xilola Giyosova

От qwert.uz