Muborak tavallud kun,
Otajonim sog‘ bo‘ling.
Ta’zim qilaman bu kun,
Men suyangan tog‘ bo‘ling!
Tug‘ilgan kuningizda,
Men bo‘lib yoningizda,
Sovg‘alarni eltaman,
Muborakbod etaman!
Meni shu qo‘llarda katta qildingiz,
Issiqni, sovuqni pisand qilmasdan.
Bugun tiz cho‘kkancha, uzr so‘raymiz,
Ozor bergan bo‘lsak, agar bilmasdan!
Ayyom muborak bo‘lsin,
Doim bo‘ling salomat.
Qalbingiz nurga to‘lsin,
Sizga tilayman omad!
Muborak tug‘ilgan kun,
Baxtimizga bor bo‘ling.
Xizmatdamiz biz bugun,
Doim baxtiyor bo‘ling!
Qutlug‘ bo‘lsin bu ayyom,
Uzoq umr tilaymiz.
Bugun bo‘lib barcha jam,
Ayyomni nishonlaymiz!
Qiblagoxim, azizim otam,
Suyanchiqsiz bizga xar qachon.
Boshimizga ish tushsa shu dam,
Bizga tog‘day bo‘lasiz qalqon!
Padari buzrukvor, salomat bo‘ling,
Uyimizni doim to‘ldirib turing.
Uyimizni to‘ri sizniki doim,
Baxtimizga omon bo‘ling iloyim!
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF