Tinimsiz qoqolaydi,
Tovuq tuxum qilganda.
Tuxum mushtday keladi,
Toʼgʼrisini olganda.

Tovuq qoqolayberib,
Jagʼlari tolib ketar.
Keyin egasi kelib,
Tuxumni olib ketar.

Gʼoz tuxumi nisbatan,
Katta ikki barobar.
Shunday boʼlsa xam gʼozdan,
Tovush chiqmas baribir.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz