Dengizning boʼyida turar bir bola,
Dengiz toʼlqinlari chayqalar asta.
Bir kema uzoqdan qilgancha «nola»,
Qirgʼoqqa oʼrmalab kelar bir pastda.

Kemadan qirgʼoqqa tushdi kapitan,
Bola uni koʼrib, oʼzin yoʼqotdi.
(Kapitan bolaning otasi ekan),
Va bola otaga oʼzini otdi.

Sogʼinch xislarini, yengil jilovlab,
Ikkovlon yoʼl oldi uyiga tomon,
Kema esa xayron, turardi «oʼylab»,
«Yolgʼizlik dunyoda qanchalar yomon!».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz