Ham to‘yimli ham mazali rulet bilan kundalik yoki bayram dasturxonini bezasa ham bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yeda.ru”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Qiyma — 500 gr
  • Tuxum — 5 dona
  • Tuzlangan bodring — 1 dona
  • Sabzi — 1 dona
  • Kinza ta’bga ko‘ra
  • Shivit ta’bga ko‘ra
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Ko‘katlarni maydalab oling;
  • Sabzini qirg‘ichdan chiqaring;
  • Qiymaga tuz, murch, 1 ta tuxum va yuqoridagi mahsulotlarni solib aralashtirib oling;
  • Qolgan 4 ta tuxumni qaynatib pishiring;
  • Qandolat plyonkasiga qiymani bir tekis qilib yoying;
  • Qiyma o‘rtasiga bir qator qilib artilgan tuxumlarni terib chiqing va qiymani rulet shakliga keltirib o‘rang;
  • Rulet ustidan tuxum sarig‘i surtib list yoki idishga soling;
  • 180 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling;
  • Ruletni o‘zini yoki sabzavot va garnir bilan qo‘shib taom sifatida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz