Mukkaygan keksa inson,
Qop orqalab borardi.
Qopin qoʼyib, xar zamon,
Bir oz damin olardi.

Quyosh olov purkaydi,
Chol yuzidan ter oqar.
Bitta bolakay yoʼlda,
Cholga jilmayib boqar.

Cholni qiynab yubordi,
Vujudining tolgani.
Toʼxtab bola yonida,
Oʼtirdi dam olgani.

Yordamlashay demasdi,
Serraygancha bolakay.
Ikki qoʼli choʼntakda,
Boboga dedi shunday:

-«Koʼryapsizmi, bobojon,
Xov anovi daraxtni.
Oʼsha yerda saqlang jon,
Tez boʼling, tejang vaqtni!».

Chol kulib der: — «Xa, bolam,
Ekansan koʼp aqlli.
Raxmat, maslaxatga xam,
Ota-onanga balli!».

Shunday deb, bobo asta,
Ketaberdi yoʼliga.
Bola esa bir pasda,
Yetib bordi uyiga.

Bor gapni onasiga,
Аytib berdi qoldirmay.
Onasi bolasiga,
Oʼz jaxlini bildirmay,

Dedi: -«Olgan raxmating,
Аsli ekan qalbaki.
Chinakam yordam bersang,
Xaqiqiy boʼlar balki!

Shu sababdan, bolajon,
Qalbinga quloq tutgin.
Boʼlib chinakam inson,
Choʼqqilarni zabt etgin!…»

Абдулла Пулатов

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz