Maykl Jeksonning qizi Peris ham otasi singari xonanda bo‘lishga qaror qildi. Harper’s Bazaar’ning xabar berishicha, u Jimmi Kimmelning noyabrdagi shousida Wilted nomli albomidan o‘rin olgan qo‘shig‘i bilan televideniyeda debyut chiqish qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Harper’s Bazaar

Hozirda 22 yashar Peris, sobiq yigiti bilan birgalikda asos solgan  The Soundflowers guruhining a’zosi.

U shouda oktabr oyida taqdim qilgan Let Down qo‘shig‘ini ijro qilgan. Jeksonning ilk albomi Wilted’ning taqdimoti 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Debyut chiqishidan keyin u Instagram sahifasiga shouda kuylagan chiqishi muhrlangan videoni joylagan va boshlovchi hamda tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirgan.

U birinchi plastinka ustida ishlash jarayoni haqidagi bergan intervyusida, ko‘plab emotsiyalarni his qilayotgani, hayajonlangani, asabiylashgani, ammo ko‘proq minnatdor va baxtli ekanini bildirgan.

От qwert.uz