Uchrashuvga joʼnadi,
Qoʼllarida guldasta.
Yigit yaxshi biladi,
Yori keladi asta.
Kelsa anov yoʼlakdan,
Oqqush kabi «suzgancha»,
Shunda tutib bilakdan,
Sayr qilishar ancha.
Lekin dil boʼldi vayron,
Qizdan darak boʼlmagach.
Xatto guldasta «xayron»,
Nima qilsin, kelmagach!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF