Melburndagi okean qirg‘og‘ida yonma-yon turgan ikki beva pingvinning surati Ocean Photograph Awards 2020 mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Instagram / @TobiasVisuals

Ma’lum qilinishicha, suratkash Tobias Baumgertner internet foydalanuvchilarining ko‘ngilidan joy olgan va unga mashhurlik keltirgan surati uchun mukofotning Community Choice Award nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Bu kabi mukofotga loyiq ko‘rilish men uchun ulkan sharaf, qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Million ovoz uchun rahmat, yigitlar, siz eng yaxshisiz!”, — debydi Tobias.

Ta’kidlanishicha, ushbu surat 2019-yilda olingan, biroq oradan bir yil o‘tgachgina e’lon qilingan. Erkak uch kun pingvinlar koloniyasida yashab, qushlarni diqqat bilan kuzatgan. Oq pingvin — urg‘ochi bo‘lib, o‘z juftidan ayrilgan. Qorasi — nar, u ham yolg‘iz qolgan. Bu haqda suratkashga volontyorlardan biri so‘zlab bergan.

“Endilikda ular bir-birini ovutish maqsadida tez-tez uchrashib turibdi. Ular bir necha soat yonma-yon turib, shaharning raqsga tushayotgan chiroqlarini tomosha qiladi”, — deb yozadi suratkash o‘zining Instagram’dagi sahifasiga.

Surat joylashtirilgan birgina tvit 160 ming layk va 51 mingta izoh yiqqan.

От qwert.uz