“Forsaj” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Jeyson Stetxemning Turkiyadagi hashamatli mehmonxonalardan birida dam olayotgani paparatssi nishonidan chetda qolmagan, deb xabar beradi Hurriyet.

Foto: Hurriyet
Ma’lum qilinishicha, rejissor Gay Richining “Besh ko‘z” nomli filmida suratga tushish bahonasida Turkiyaga borgan aktyor Antalyadagi lyuks villalardan biri bo‘lgan Regnum Carya Hotel’ga joylashgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Uch qavatli binoda beshta yotoqxona, garderob, barbekyu qilish uchun terrasa, SPA-markaz va bar bilan birga alohida hovuz ham bor. O‘q o‘tmaydigan derazadan go‘zal manzara ko‘rinib turadigan mazkur villa mijozlari, shuningdek, shaxsiy haydovchi va vertolyot transferi xizmatidan ham foydalanishi mumkin. 2019-yilning avgust oyida aynan ushbu villada amerikalik xonanda Jennifer Lopes konsert bergan, 2015-yilda esa G20 sammiti bo‘lib o‘tgan.