Tanishlarga baʼzan, qilsam qoʼngʼiroq,
«Raqam oʼchirilgan» — boʼladi biroq.

…Unda nega kerak, bizga telefon?,
Аxir, u mushkulni — qilmasmi oson?.

Goxo «Doiradan tashqari» boʼlib,
Gaplasha olmaysiz, koʼnglingiz toʼlib.

Аgar sizga aytsam, gapni roʼyi-rost,
Bunday telefonni — tutmagan durust.

Аxir shunday boʼlgach, ayblaysiz kimni?…
…Ie, kechirasiz, telefonimni

Kodlab olgan edim, kecha kechki payt.
Qancha abonentni — qildi ekan qayd?…

Qancha odam mendan asabiy boʼlib,
Meni «duo» qilgan, oʼpkasi «toʼlib»…

…Biz nima qilyapmiz — yaxshisi bilma,
Аytganni qilginu — qilganni qilma!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz