Dugonalar, qaranglar.
Qanday ajoyib ranglar.
Gulzor oʼziga chorlar,
Koʼngilda yoʼq gʼuborlar.
Xoxlagancha ol terib,
Lekin gulzorni koʼrib,
Koʼzimiz «toʼyib» qoldi,
Qalb gulga «toʼlib» qoldi.
Nima qilamiz uzib,
Gulzor «tinchi»ni buzib.
Shuncha gullar baribir,
Butkul bizniki axir.
Yaxshisi gulga tegmay,
Gullar qaddini «egmay»,
Borib ana bu yerga,
«Selьfi» qilaylik birga.
Boʼlaylik «axd»ga sobit,
Gullar boʼlmasin nobud!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF