Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5-sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

  • 1-sentabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni;
  • 2-sentabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 3-sentabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 4-sentabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar);
  • 5-sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.

От qwert.uz