Oddiy mahsulotlar yordamida ishtaha ochar shohona taom tayyorlab ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makaron – 150 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • qiyma – 500 gramm;
  • sariyog‘ – 2 osh qoshiq;
  • kraxmal – 1 osh qoshiq;
  • mannniy yormasi – 2 osh qoshiq;
  • tuxum – 1 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Makaron sho‘r suvda qaynatib olinadi.
  2. Piyoz mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. O‘simlik yog‘ida 3-4 daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
  4. Qiyma piyoz, sarimsoq, ko‘kat, sariyog‘, kraxmal, manniy yormasi va tuxum bilan aralashtiriladi.
  5. Ta’bga ko‘ra aralashmaga tuz va ziravorlar sepiladi,
  6. Oziq-ovqat plyonkasi ustiga qiymali aralashma bir tekisda to‘rtburchak shaklda yoyiladi. Bir chetiga qaynatilgan makaron solinadi. So‘ngra plyonka bilan birgalikda rulet shaklida aylantiriladi. Folga bilan mahkam o‘raladi.
  7. 200 daraja pechda 40 daqiqa davomida pshiriladi. So‘ngra folga qog‘ozi kesib olinadi va usti qizarguncha yana 15-20 daqiqaga qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz