Pishloqli qatlam ostida tovuq go‘shti juda mazali va yumshoq bo‘lib pishadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • tovuq filesi – 400 gramm;
  • pomidor – 1-2 dona;
  • pishloq – 70 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • mayonez – 3-4 osh qoshiq;
  • xantal – 2 choy qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 200 darajada qizdiriladi.
  2. Piyoz ingichka parrak qilib to‘g‘raladi. O‘simlik yog‘ida qizargunga qadar qovuriladi.
  3. Tovuq filesi yupqa bo‘laklarga bo‘linadi. Tuz va ziravorlar sepiladi. Pomidorlar ham parrak shaklda to‘g‘raladi.
  4. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilgach, silliq bo‘lguncha tuxum, mayonez va xantal bilan aralashtiriladi.
  5. File qolipga solinib, ustidan qovurilgan piyoz va pomidor solinadi.
  6. Ustidan pishloqli aralashma quyiladi va 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz