Nachinkasiga qiyma va qo‘ziqorin solib tayyorlanadigan quymoq mazali ta’mga ega. Unga kartoshka yoki boshqa sabzavot qo‘shib tayyorlasangiz ham bo‘ladi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Xamiri uchun kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 4 dona
  • tuz — bir chimdim
  • sut — 250 ml
  • suv — 120 ml
  • un — 120 gr
  • o‘simlik yog‘i — 3-4 osh qoshiq va moylash uchun

Nachinkasiga solinadigan mahsulotlar:

  • tuxum — 3-4 dona
  • qo‘ziqorin — 400-450 g
  • piyoz — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 osh qoshiq
  • qiyma — 450-500 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • mayonez — 1-2 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumni tuz, iliq sut va iliq suv bilan vilka yoki ko‘pirtirgich yordamida yengil aralashtirib oling.
  2. Mahsulotlarga elakdan o‘tkazilgan unni qo‘shing va bo‘laklar qolmaguncha aralashtiring. O‘simlik yog‘ini solib, yana aralashtirib oling.
  3. Quymoq xamirini xona haroratida 15-20 daqiqaga qoldiring.
  4. Idishga ozgina o‘simlik yog‘ini soling. Quymoqlarni pishirib oling va salqin joyga qo‘ying.
  5. Tuxumni 10 daqiqa davomida qaynating va sovutib oling.
  6. Qo‘ziqorin va piyozni mayda qilib to‘g‘rab oling. Tovaga 1-2 qoshiq o‘simlik yog‘i solib yumshoq bo‘lgunga qadar qovurib oling. 
  7. Qolgan yog‘ni o‘rtacha olovda qizdiring. Qiymani solib, 5-7 daqiqa davomida qovuring. Qoshiq bilan katta bo‘laklarni maydalab oling.
  8. Go‘sht, piyoz, tuxum va qo‘ziqorinlarni go‘sht maydalagichdan o‘tkazing. Biroz tuz, murch va mayonez qo‘shib, aralashtiring.
  9. Bitta quymoqni oling va ichiga nachinkani solib, qattiq qilib o‘rab oling.
  10. Xuddi shu tarzda qolgan quymoqlarning ichiga ham nachinka solib o‘rang.
  11. Go‘sht va qo‘ziqorindan tayyorlangan quymoqni dasturxonga tortishdan oldin tovada ikki tomonini ozgina qovurib olish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz