Oddiy va tez tayyorlanadigan salat mazali ta’m va foydali xususiyatlarga ega. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 1 dona
  • zaytun moyi — 3 qoshiq
  • go‘sht bo‘laklari — 200 g
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona
  • cherri pomidori — 10 dona
  • salat bargi — 1 bog‘
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch —  ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonni bo‘laklarga bo‘ling.
  2. Yog‘ni o‘rtacha olovda qizdiring. Baqlajonning ikkala tomoni ham qizarguncha qovuring.
  3. Qovurilgan baqlajonlarni qog‘oz sochiqlarga soling va qolgan qismini ham pishirib oling.
  4. Go‘shtni yupqa bo‘laklarga va bulg‘or qalampirini mayda qilib kesib oling. Cherri pomidorlarini ikkiga bo‘ling.
  5. Salat bargi, go‘sht, baqlajon va bulg‘or qalampirini idishga soling. Unga tuz, murch va zaytun moyini qo‘shib aralashtiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz