Dukkakli mahsulotlar tarkibiga kiruvchi no‘xat va go‘sht taomning yanada mazali bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu taomga o‘zingizga yoqqan sabzavotlar va ko‘katlarni qo‘shishingiz  mumkin.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • quritilgan no‘xat — 250 g
  • suv — 2 500 ml va taomning ichiga solish uchun
  • lahm mol go‘shti — 300-350 gr
  • piyoz — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • tomat pastasi — 1 qoshiq
  • tuz — yarim qoshiq
  • shakar — yarim qoshiq
  • maydalangan zira — 1 qoshiq
  • murch — yarim qoshiq
  • maydalangan qalampir — yarim qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. No‘xatni sovuq suvga soling va shu tarzda 12 soatga qoldiring. Keyin sovuq suvni to‘kib tashlang.
  2. No‘xatlarni idishga soling va unga 2,5 litr suv qo‘shing. Yuqori olovda qaynatib oling, so‘ngra past olovda taxminan bir yarim-ikki soat qaynatib oling.
  3. Go‘shtni kichik yoki o‘rta bo‘laklarga, piyozni esa mayda bo‘laklarga bo‘lib oling.
  4. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar bir necha daqiqa qovuring.
  5. Unga go‘shtni qo‘shing va aralashtirib, taxminan 5 daqiqa davomida qovuring.
  6. Tomat pastasini tovaga soling va hamma narsani aralashtirib, yana 2-3 daqiqa davomida pishiring.
  7. Qovurilayotgan mahsulotlarga no‘xat, tuz, shakar, zira, murch va qalampir qo‘shing. So‘ngra issiq suv quying.
  8. Taomni qaynagandan keyin o‘rtacha olovda 40-60 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz