Tarkibida foydali jihatlari ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlanadigan ushbu taomni har qanday vaqtda iste’mol qilish mumkin. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona
  • brokkoli — 560-580 g
  • sariyog‘ — 5 qoshiq
  • tovuqli yoki sabzavotli sho‘rva — 750 ml
  • un — 3 qoshiq
  • qaymoq — 450 ml 
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • pishloq — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni mayda qilib to‘g‘rab oling. Brokkolini ham gulbarglaridan ajrating.
  2. O‘rtacha olovda ikki qoshiq sariyog‘ni qizdiring. Piyozni qizarguncha va yumshoq bo‘lguncha qovuring.
  3. Brokkoliga issiq sho‘rvani qo‘shing va o‘rtacha olovda taxminan 10 daqiqa qaynatib oling.
  4. Pyureni tayyorlash uchun har bir mahsulotni blender bilan ezing.
  5. Qolgan sariyog‘ni tovada o‘rtacha olovda qizdiring. Unga un soling va aralashtiring.
  6. Unni sekin-asta boshqa idishga soling, e’tibor bering, hech qanday un donachalari qolmasin.
  7. Ushbu pyurening ustidan brokkoli soling, ozgina tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  8. Iste’mol qilishdan oldin har bir idishga solingan sho‘rvaning ustiga maydalangan ko‘kat va pishloq soling.

От qwert.uz