Lifehacker nashri taqdim etgan yana bir ishtaha ochar taom retsepti. Oilaviy yoki bayramona dasturxon uchun ham mos keladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • suyakli tovuq filesi — 2-3 dona;
  • tovuq sonlari — 3-4 dona;
  • suv — 50 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi va sonidan terisi ehtiyotkorlik bilan ajratib olinadi.
  2. Go‘sht ham suyaklardan ajratib olinadi va bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Barcha go‘sht idishga solinib, tuz va ziravorlar sepiladi. Ustidan suv quyilib, yana yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Folga qog‘ozi eniga va bo‘yiga ustma-ust qo‘yiladi.
  5. Ustidan tovuq terisi va go‘shtining aralashmasi solinadi.
  6. Folga qog‘ozining bir chetidan mahkam ushlab, rulet shaklida o‘raladi.
  7. Ikkinchi rulet ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
  8. 200 daraja pechda 60-70 daqiqa davomida pishiriladi.
  9. Tovuqli ruletni issiq yoki biroz sovutib ham dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz