Mazali taomni nafaqat tushlik, balki kechki ovqatda ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
- qo‘ziqorin (shampinyon) — 650-700 g;
- sariyog‘ — 2 osh qoshiq;
- sarimsoq piyoz — 2 dona;
- non talqoni — 25 g;
- tuz, murch;
- parmezan — 50 g;
- krem-pishloq — 120 g;
- petrushka.
Tayyorlanish jarayoni
- Shampinyonlarning ingichka tarafini olib tashlang.
- Keng tarafi bilan yog‘ surtilgan patnisga terib chiqing.
- Qo‘ziqorinning ingichka tarafini sariyog‘ solingan tovada qovurib oling.
- Maydalangan sarimsoq qo‘shing.
- Talqon qo‘shib aralashtiring.
- Tuz va murch seping.
- Aralashmaga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, krem-pishloq, maydalangan petrushka, tuz va murch qo‘shing.
- Bir qoshiqdan qo‘ziqorinlarning ichiga solib, ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
- Maydalangan petrushka bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!