Iftorlik hamda saharlik dasturxoni uchun ayni muddao bo‘lgan to‘yimli shirinlik.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 2 stakan;
  • sariyog‘ — 150 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 120 gramm;
  • ichimlik sodasi, tuz— 1 chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ sanchqi yordamida yaxshilab ezib olinadi.
  2. Tuxum shakar bilan aralashtiriladi. Aralashmaga sariyog‘ qo‘shiladi.
  3. Olingan massaga un elakdan o‘tkaziladi.
  4. Yumshoq xamir qorib, 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. So‘ngra taxminan 5 millimetr qalinlikda yoyiladi.
  6. Pechenye uchun mo‘ljallangan yurakcha shaklida xamir kesib olinadi.
  7. Pishirish varag‘iga qo‘yib, 180 daraja pechda 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz