Lifehacker taqdim etgan yangi retsept bo‘yicha rogaliklar xamiri yumshoq bo‘lib pishadi. Ta’bga ko‘ra nachinka sifatida murabbo qo‘shish ham mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 200 gramm;
  • sariyog‘ — 80 gramm;
  • un — 140 gramm;
  • qabartma — 1 choy qoshiq;
  • shakar — 50 gramm;
  • tuz — 1 chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tvorog eritilgan sariyog‘ bilan aralashtiriladi.
  2. Un elakdan o‘tkazilib, qabartma va tuz bilan aralashtiriladi. So‘ngra ikkita massa qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi.
  3. Xamir dumaloq shaklda yoyilib, yuzasiga shakar sepiladi.
  4. Pichoq yordamida xamir to‘rtga bo‘linadi va har bir qism yana uchburchak shaklda 4-5 qismga bo‘linadi.
  5. Har bir qism uchburchakning keng tomonidan uchiga qarab rulet shaklida o‘raladi.
  6. Pech oldindan 180 darajada qizdiriladi va listga pishiriq varag‘i solinadi.
  7. Shirinliklar 15-20 daqiqa davomida qizargunga qadar pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz