Bayram dasturxonini bezash uchun ayni muddao bo‘lgan mazali salat retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 150-200 g;
  • ananas — 1dona;
  • pishloq — 100 g;
  • pomidor — 1-2 dona;
  • zaytun — 8-10 dona;
  • tuz, murch;
  • mayonez;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • Ananasni o‘rtasidan bo‘lib, ichki qismini o‘ying.
  • Qaynatilgan tovuq go‘shti, pomidor, ananasning ichki qismi va zaytunni to‘g‘rab chiqing.
  • Tuz, murch sepib, mayonez qo‘shing.
  • Salatni ananas ichiga soling va ko‘katlar bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz