O‘zbekistonda anomal jaziramadan so‘ng nihoyat havo temperaturasi pasayadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zgidrometga tayanib. Yaqin kunlarda harorat kunduzi +32 daraja issiq, kechasi +18 daraja iliq bo‘ladi.

Foto: Instagram / Valdemarios

Xususan, Toshkentda havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz kechadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo harorati +36 darajagacha ko‘tarilishi mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, +37 daraja issiq bo‘ladi. G‘arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7—12 metrni tashkil etadi va 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +40 daraja ko‘tarilishi mumkin. 26—28-iyul kunlari kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +33…+38 daraja issiq kuzatiladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +36 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida atigi +27 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda anomal jazirama ikki haftadan buyon davom etmoqda va hatto yangi rekordlarni o‘rnatdi.

От qwert.uz