Uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozon shahrida 25 yoshli Ilnar Bagautdinovni o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “NUZ.uz”.

Foto: “NUZ.uz”

25 yoshli taksichi yo‘lovchilarni Ijevskka olib borishga rozi bo‘lgan. Biroq ular yovuz niyatli o‘g‘ri bo‘lib chiqqan va taksichining o‘limiga sabab bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . O‘z qurbonini bo‘g‘ib o‘ldirgan jinoyatchilar keyin olib ketish maqsadida avtomobilni yashirib qo‘ygan. Hozirda ularga 20 yil qamoq jazosi belgilanishi mumkin. Ilnar ishlagan “Maksim” taksi xizmati esa uning oilasiga tovon puli to‘lashdan bosh tortgan, chunki Bagautdinov buyurtmani servis orqali emas, o‘zi mustaqil qabul qilgan.

24-iyul kuni Ilnarning LADA Granta avtomobili va uning jasadi topilgan. Bunga qadar haydovchi bedarak yo‘qolgan deb kelinayotgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatda gumonlanayotgan uch nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ularning yoshi 30 lar atrofida. Tergov versiyasi bo‘yicha ular avtomobilga egalik qilish maqsadida taksichini o‘ldirgan.

Oldindan tayyorlab qo‘yilgan kabellari yordamida Ilnarni bo‘g‘ib o‘ldirib, uning jasadini yo‘l yoqasidagi o‘rmonga ko‘mib ketishgan. Avtomobilni esa keyinroq olib ketish maqsadida o‘sha yerda qoldirishgan.

От qwert.uz