Rossiyalik olimlar Armanistondagi qishloqlardan birida yashovchi 22 yoshli Satenik Kazaryanning ko‘zidan to‘kilayotgan kristallar tarkibini aniqladi. Bu haqda “NTV” telekanali xabar bermoqda.

Foto: “NTV”
Telekanal muxbirlari Kazaryanning uyida bo‘lganida Satenikning ko‘zidan har uch-to‘rt soatda o‘ntagacha kristall bo‘lagi olinayotgani haqida hikoya qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Ular bir necha bo‘lakni Rossiyadagi gemologiya laboratoriyasiga ekspertiza uchun olib bordi. Bu yerda ular oddiy shisha ekanligi aniqlandi.
“Organizmda shisha hosil bo‘lmasligi ilmiy isbotlangan fakt. Kazaryan ruhiy buzilish — Myunxauzen sindromi bilan og‘rigan bo‘lishi mumkin. Bu holatda inson ongli ravishda o‘ziga o‘zi ziyon yetkazadi”, — deydi mutaxassislar.