Gullar (sheʼr)

Naqadar betakrorsiz,
Goʼzallikda tanxosiz.
Gulzor xuvillar sizsiz,
Chunki siz bebaxosiz!

Bulbullar oshigʼingiz,
Sizlardan ilxom olar.
Oy, yulduz muxlisingiz,
Chin yurakdan olqishlar!

Toʼgʼri bu goʼzallikning,
Umri afsus qisqadir.
Chirib ketsa xam uning,
Qadri doim esdadir!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF