Gulzor ichra oxista,
Sayr qilib yuraman.
Keyin esa bexosdan,
Gullar raqsin koʼraman.
Gullar raqs tushganda,
Childirma chalar shamol.
Bunday xolni koʼrganda,
Boʼlib qoldim xayron-lol.
Vo ajab, bu qanday sir,
Oʼngimmi yo tushimmi?
Ishonmasdan xatto bir
Chimchiladim oʼzimni.
Ular shunday tuyulib,
Koʼringandir koʼzimga.
Xissiyotga berilib,
Ishonmasdim oʼzimga.
Oʼynar edi tebranib,
Gullar shamol kuyiga.
Oʼzga xusn kasb etib,
Kelganday baxt toʼyiga.
Shamol tingan pallada,
Gullar raqsi toʼxtadi.
Xamma gullar «alla»da,
Uxlaganga oʼxshadi.
Shunda men gulzor ichra,
Oxista uyga ketdim.
Koʼrganlarimni soʼngra,
Sheʼrga solib madx etdim!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF