Xayot…(sheʼr)

-«Bogʼchadan qaytdim xozir,
Sanashni xam oʼrgandim.
Bu axir emas xazil,
«Bir» deyolmay yurgandim».

-«Endi qaytdim maktabdan,
Yodlab boʼldim karrani.
Saboq olib odobdan,
Egallaymiz marrani».

-«Oliygoxni tugatib,
Bugundan ish boshladim.
Oilani tebratib,
Dadil qadam tashladim».

-«Bugun qoʼlga olibman,
Men ilk bora nafaqa.
Bir zumda keksayibman,
Xayot oʼzi qanaqa?!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF