«Sevinch va oʼkinch»… (sheʼr)

Urush-urush oʼynaganda bolalar,
Urush paytin eslar keksa otalar.

Oʼq ovozi yangraganday quloqda,
Snaryadlar portlar, tutun xar yoqda.

Koʼrinadi koʼzga marxum doʼstlari,
Jiqqa yoshga toʼlar mungli koʼzlari…

Soʼng bolalar, toʼxtab, oʼyindan bir vaqt,
Oʼynamoqqa futbol — qilishganda axd,

Keksalarning yuzin — toʼldirar sevinch,
Yoʼq boʼladi — parlanib, zumda oʼkinch!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF