Oq sut kabi, tong otgan palla,
Xali quyosh chiqmay falakka,
Sogʼuvchiga aytganday alla,
Sut «povillab» tushar chelakka.

Koʼpigi xam tarqab ulgurmay,
Dasturxondan joy oldi darrov.
Shundan keyin, oʼylab oʼtirmay,
Savol berdi, ularga birov:

-«Bilasizmi, mashaqqatlarin,
Ichayotgan sutingizni siz?»…
U xam yozdi, qadoq qoʼllarin:
-«Biz xam, pulni — «shunday» topamiz!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz