«Nikita paxlavon»… (Sheʼr — filmni koʼrib…)

Nikita paxlavon — yoʼlga tush tezroq,
Yovuzlar baxtingni, opqochar bu choq.

Kashsheyning ketidan otingni yoʼrttir,
Yoringni qutqarib. Kashsheyni oʼldir.

Sevgiling koʼz tikar, mushtoq yoʼlingga,
Olmos tigʼ qiliching, olib qoʼlingga,

Tezroq boʼl paxlavon, gʼanimat vaqting,
Gʼanimlar qoʼlida, sevgiling — baxting!…

Seni kutmoqdadir — gʼoliblik, sharaf,
Chunki, tomoshabin — faqat sen taraf!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF