Foydali va to‘g‘ri ovqatlanish jarayonida shakarni diqqat bilan kuzatish mumkin, lekin boshqa zararli tarkibiy qismlar haqida kamdan kam fikr yuritiladi. Quyida qanday mahsulotlarni tanovul qilish mumkin emas va ulardan butunlay voz kechish organizm uchun yaxshi bo‘lishini bilib oling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Domashniy ochag

Trans yog‘lar

Kartoshka fri, tez tayyorlanadigan taomlar va barcha qovurilgan ovqatlar trans yog‘larni o‘z ichiga oladi. Agar tez-tez tanovul qilinsa, ular qondagi yomon xolesterin miqdorini oshiradi va yaxshi xolesterin miqdorini kamaytiradi, natijada tananing barcha ishini susaytiradi. Aytgancha, uni qadoqlashda yashirincha qisman vodorodlangan yog‘ deb belgilash mumkin va sog‘liqqa sezilmaydigan darajada zarar yetkazishi mumkin. Trans yog‘larni iste’mol qilish yurak kasalligi va ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi.

Energetik ichimliklar

Shirin gazlangan ichimliklarni barcha yoqtirishi tabiiy. Lekin uning tarkibida 30 grammdan ortiq shakar bor, bu kunlik me’yordan bir necha barobar ko‘p. Shuningdek, bu hammasi emas, kofein taxikardiya va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Nitrit

Ular har qanday konserva go‘shtini qayta ishlash uchun ishlatiladi: kolbasadan sosiskagacha. Nitritlar mahsulotlarning ishtahani ochib turishiga yordam beradi va uzoq vaqtgacha sifati buzilmaydi. Agar ular muzlatgichda saqlasansa, xavf minimal bo‘ladi, lekin iliq haroratda nitritlar ko‘pincha oshqozon osti bezi, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoniga olib keladigan birikmalar hosil qiladi.

Bodroq

Filmni bodroq bilan tomosha qiladiganlar bu odatidan voz kechishi kerak. Bodroqlar qizdirilganda perfluorooktanoik kislota deb nomlangan moddani chiqaradi: bu saratonga olib kelishi mumkin. Va bu haqiqatan ham shakardan ko‘ra yomonroq.

Oziq-ovqat ranglantiruvchilari

Yorliqni diqqat bilan o‘qish lozim: 5 va 6 sariq rangli bo‘yoqlar bilan yozilgan ingrediyentlar bolalarda allergiya, konsentratsiya va aqliy buzilishga olib kelishi mumkin. Ular asosan shirinlik va pishiriqlarda uchraydi.

От qwert.uz