Elle nashri ovqatlanish mutaxassisi bilan birgalikda qanday odatlar terining navqironligi va elastikligini, go‘zalligi va yoshligini uzoq vaqt davomida saqlashga yordam berishini aniqladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Hamma sog‘lom, baquvvat va yoshroq bo‘lishni xohlaydi. Ovqatlanish esa tana holatiga va umumiy hayot sifatiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Nima, qancha va qachon iste’mol qilish, albatta, tashqi ko‘rinishga, faoliyatga va hissiy holatga ta’sir qiladi. Ko‘pincha, masalan, ortiqcha vaznning mavjudligi bir qator noqulayliklar va hatto estetik, jismoniy va psixologik muammolar bilan kechishini inkor etish qiyin.

Ortiqcha vazn – noto‘g‘ri ovqatlanish odatining yagona natijasi emas. Shuningdek, odam yuz va tana terisi sifatining yomonlashishi, sochlarning to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtlashishini kuzatishi mumkin. Sog‘lom ovqatlanish odatlari qarilik belgilarining boshlanishini sezilarli darajada kechiktirishga va ancha yoshroq ko‘rinishga yordam beradi.

Ortiqcha ovqatlanishdan saqlanish

Yetarli darajada ovqatlanish kerak, lekin ortiqcha emas. Buning uchun iste’mol hajmini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iste’mol hajmini aniqlashning eng oson usuli – kaft o‘lchami.

Ratsionni tanlash va unga rioya qilish

Eng yaxshi variant — uchta asosiy taom: nonushta, tushlik, kechki ovqat va ular orasida ikki marta yengil tanovul qilish.

Parhezni muvozanatlashtirish

To‘liq ishlash uchun tanaga yetarli miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevodlar kerak. Shuningdek, ushbu tizim bo‘yicha o‘rtacha standartlarga rioya qilish lozim, ya’ni 30 oqsil / 30 yog‘ / 40 uglevod. Qolaversa, shaxsiy diyetani tanlaydigan diyetolog bilan maslahatlashish zarur.

Sifatli mahsulot tanlash

Nima va qanday shaklda iste’mol qilish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun parhezbop usullar bilan tayyorlangan taomlarga ustunlik berish kerak. Qaynatilgan, bug‘da pishirilgan kabi. Shuningdek, yangi sabzavotlar va mevalardan ko‘p iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Suv balansini saqlash

Suv metabolizmni tezlashtiradi va terining sifatini yaxshilaydi, ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi. Turmush tarzini va ovqatlanishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishni istaganlar alkalinli diyetaga diqqat bilan qarashi lozim. Bu tanani kislotalaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qisman yoki to‘liq rad etish orqali oziqlanish tizimidir. Har qanday oziq-ovqat hazm bo‘lgach, organizmda kislotali yoki ishqoriy reaksiya hosil qiladi. Ishqorlardan farqli o‘laroq, kislotalar tanani juda istamay tark etadi va to‘planishga moyildir. Kislota va ishqor o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilgan taqdirda, turli kasalliklar rivojlanadi, salomatlik holati yomonlashadi va qarish jarayoni tezlashadi. Shuning uchun oldindan mutaxassis bilan maslahatlashish va kerakli tekshiruvlardan o‘tish lozim.

От qwert.uz