Pechda pishirilgan qovoqni sho‘rva, salat, pirog va desertlarga qo‘shish mumkin. Mazali ta’mga ega qovoqni boshqa taomlar bilan qo‘shib iste’mol qilsa ham bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Pechda pishirilgan qovoqning foyda va zarari 

Pishirilgan qovoq — buyraklar, yurak, siydik pufagi, jigari bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan insonlar uchun foydali hisoblanadi. Kuzgi sabzavot qarish jarayonini sekinlashtiradi, teriga va sochga yaxshi ta’sir qiladi. Bundan tashqari, parhezdagi insonlar ham qovoqni iste’mol qilishi mumkin.

Реклама | chakana.uz

Reklamani yopish

Quyida qovoqning foydali xususiyatlari keltiriladi:

  • Buyraklar va siydik pufagining ishini normallashtiradi, buyraklardagi toshlardan, surunkali sistitdan, pielonefritdan xalos bo‘lishga yordam beradi.
  • Siydik kislotasi tuzlarining to‘planishini oldini oladi. U diuretik ta’sirga ega, ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi.
  • Qon bosimini normallashtiradi, qon tomirlari va yurakni faoliyatini yaxshilaydi. Bu sabzavot tarkibidagi kaliy bilan bog‘liq.
  • Pishirilgan qovoq jigarni tozalaydi va uning faoliyatini tiklaydi.
  • Ko‘p miqdorda xun tolasi mavjudligi sababli ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi. Parhez kunlarida qovoqni iste’mol qilish mumkin.
  • Stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, uyqusizlik bilan kurashadi, uyqu jarayonini yaxshilaydi.

Biroq qovoqni haddan tashqari iste’mol qilishning organizmga yomon ta’siri bor:

  • Qandli diabet bilan og‘rigan insonlarda qondagi shakar miqdori ortishi mumkin. Shifokor tomonidan belgilangan me’yorga muvofiq foydalanish mumkin.
  • Oshqozon-ichak traktining buzilishi — laksatif ta’sirga ega, oshqozon yarasi, gastritning bo‘lgan paytda ishlatilmasligi kerak.
  • Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya mavjud bo‘lsa, unda qovoqni dietaga ehtiyotkorlik bilan qo‘shish kerak.

Qovoqni mazali pishirish sirlari 

  • Pishirish uchun qovoqning pishgan, yumshoq, yorqin, to‘q sariq rangdagi ko‘rinishga ega bo‘lganini tanlang. O‘rtacha mevalarni oling, kattalari haddan tashqari pishgan bo‘lishi mumkin.
  • Qovoq bo‘laklarining pishirish varag‘iga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni pergamentga qo‘yish kerak. Katta bo‘laklar folga ichida yaxshi pishiriladi.
  • Agar qovoqning yumshoq joyi kuyishini istamasangiz, uni folga bilan yoping.
  • Pishirish idishiga ozgina suv quying, shunda qovoq bo‘laklari suvli bo‘ladi va yopishmaydi.

Qovoqni qanday saqlash kerak?

Yerto‘la

Qovoqni saqlashning eng ishonchli usuli — uni yerto‘lada saqlashdir. Bu joyda taxminan 5 daraja doimiy harorat va o‘rtacha namlik saqlanadi. Qovoqlarni qo‘yishdan oldin oldin xonani tayyorlash kerak: o‘tgan yilgi mevalarni olib tashlang, shamollating, javonlarni tushiring va polni yuving. Poliz ekinlarini orasida 10 sm masofa saqlab terib chiqing. Agar qovoqda kondensatsiya paydo bo‘lsa, namlikni quruq mato bilan artib oling va shamollatish tizimining qanday ishlashini tekshiring. Profilaktik maqsadlarda ohak qo‘yishingiz mumkin — u namlikni yaxshi qabul qiladi.

Ko‘p qavatli uy 

Qovoqni saqlash uchun sizga doimiy havo harorati bo‘lgan qorong‘i joy kerak bo‘ladi — masalan, omborxona bu masalada eng yaxshi variant. Qovoqni yuvmang, bu uni buzilishdan himoya qiladi.

Asosiy qoidalar:

  • Sabzavotlarni karton yoki yog‘och qutilarga qo‘ygan ma’qul. Plastik qoplardan foydalanmang, aks holda kondensatsiyada mog‘or to‘planadi.
  • Substrat sifatida pergament qog‘ozni yoki somonni qo‘yish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan uni o‘zgartirish kerak.
  • Omborxonani muntazam ravishda shamollatish va vaqti-vaqti bilan qovoqning o‘zgarmaganiga ishonch hosil qilish kerak.

Qovoqni saqlash mumkin bo‘lgan boshqa joylar

  • Deraza tokchasi yaqinida — sabzavotni zig‘ir yoki paxtadan bo‘lgan mato bilan qoplangan, sopini yuqoriga qaratib kartonga qo‘yish kerak.
  • Izolyatsiya qilingan balkon — polni adyol bilan yopishingiz, qovoqlarni qo‘yishingiz, quyosh nurlaridan himoya qilish uchun mato bilan yopishingiz kerak. Harorat tushganda, blankalarni paxtali adyol bilan o‘rab oling.
  • To‘shak ostida — o‘ta og‘ir holatlarda qovoqni salqin xonada saqlash mumkin. Biroq qovoqlar ostida fanerni qo‘yish tavsiya etiladi.

Muzlatkichda

Qovoqni muzlatkichda saqlash uchun bir necha qismga bo‘lishingiz va tilimlarni qog‘oz sochiq bilan quritishingiz kerak. Ushbu shaklda saqlash muddati 7 kun. Katta tilimlarga o‘simlik yog‘ini surting va folga bilan o‘rang. Kesilgan bo‘lak muzlatgichga qo‘yilishi mumkin. Muzlatilgan holatdagi qovoq keyingi mavsumga qadar turishi mumkin.

Pechda pishirilgan qovoq: retseptlar

Pechda pishirilgan sabzavot barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi, shu bilan birga mazali taom bo‘ladi.

Qovoqni qanday qilib bo‘laklarga bo‘lib pishirish mumkin: klassik retsept

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoq bo‘lakchalari — 300 g
  • shakar — 1 stakan 
  • suyuq asal — 2 qoshiq
  • limon po‘sti — 1 qoshiq
  • limon sharbati — 2 qoshiq
  • maydalangan dolchin — yarim qoshiq

Tayyorlanishi: 

  1. Qovoqni tozalang va taxminan 1,5 sm kub shaklida kesing.
  2. Bir qatlamda pergament qog‘oziga yoyib, shakar seping.
  3. Uni 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying va 15 daqiqa davomida pishiring.
  4. Limon sharbatini siqib oling, mevaning qobig‘ini olib tashlang.
  5. Tayyor taomga dolchin, limon po‘sti va limon sharbatini soling.
  6. Pechga qaytarib soling va yana 20 daqiqa pishiring.
  7. Issiq qovoq bo‘laklarining ustiga suyuq asalni soling.
  8. Qo‘shimcha ravishda mayiz yoki yong‘oq qo‘shishingiz mumkin.

Asal va kori bo‘laklari bilan pechda pishirilgan qovoq retsepti

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • kichik qovoq — 1 dona
  • mayiz — 2 stakan
  • asal — 1 osh qoshiq
  • kori — yarim qoshiq
  • kinza — yarim qoshiq
  • zaytun yog‘i, qalampir va tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqni kesib oling va kub shaklida to‘g‘rang. Ustiga o‘simlik yog‘i quyib tuz va qalampir seping.
  2. Kublarni pergament qog‘ozga joylashtiring, pechga 20 daqiqaga qo‘ying. Pishirish haroratini 180 daraja qilib belgilang.
  3. Mayiz, kori, asal va kinzani aralashtiring. Tayyor bo‘lgach taomni tatib ko‘ring.

Pechda olchin va olma qo‘shib mazali qovoq pishiramiz

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoq — 400 g
  • olma — 2 dona
  • shakar — 2 qoshiq
  • limon sharbati — 1 qoshiq
  • dolchin — bir chimdim

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqni tozalang, bo‘laklarga bo‘ling, pishirish varag‘iga qo‘ying.
  2. Olmaning po‘stini olib tashlang va o‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling. Limon sharbatini soling va uning ustiga shakar, dolchin seping.
  3. Pechni 200 daraja haroratda oldindan qizdiring, qovoqlarni 30 daqiqaga pishiring.
  4. Qovoqni sovutilgan yoki issiq holda iste’mol qiling.

Bo‘laklarga bo‘linib pechda pishirilgan qovoq

Ushbu pishirilgan qovoq pishloq, pomidor, go‘sht yoki baliqqa garnir sifatida mos keladi.

Kerakli masalliqlar: 

  • o‘rtacha kattalikdagi qovoq — 1 ta dona
  • qattiq pishloq — 50 g
  • cherri pomidorlari — 10 dona
  • zaytun yog‘i — 2 qoshiq
  • ziravorlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqni yuving, po‘stini olib tashlang, tilimga kesib oling.
  2. Qovoqni bo‘laklarga bo‘lib oling, zaytun yog‘ini quying, ustidan ziravorlar seping. Yaxshilab aralashtiring.
  3. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdirib oling va qovoqni yumshoq bo‘lgunga qadar 45-50 daqiqa davomida pishiring.
  4. Qovoqni pechdan olib cherri pomidorlarini ustiga qo‘ying, ustiga maydalangan pishloq seping. Yana 10 daqiqa davomida pechga qo‘ying.

Sarimsoq qo‘shilgan, tez pishadigan mazali qovoq retsepti

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sarimsoq — 2 donacha
  • zaytun yog‘i — 3 qoshiq
  • limon sharbati — 1 qoshiq
  • koriandr — 1 qoshiq
  • petrushka — 4 ta novdacha 
  • tuz va murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Koriandr va sarimsoqni blenderda maydalang.
  2. Petrushkaning faqat bargalarini maydalab oling.
  3. Zaytun yog‘i, limon sharbati, petrushka, koriandr sarimsoq, tuz va murchni birga aralashtiring.
  4. Qovoq bo‘laklarini qobig‘isiz 8 qismga bo‘ling. Ularning ustidan achchiq aralashmani quying.
  5. Pishirish idishini folga bilan yoping. Qovoq bo‘laklarini tering va pechga qo‘ying. Pishirish haroratini 200 daraja qilib belgilang.
  6. Qovoqni 40 daqiqa davomida pishiring, oxirida folgani oching va “Gril” rejimida 5-7 daqiqa davomida qovuring.

Ziravorlar bilan pishiriladigan qovoq retsepti 

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoq — 800 g
  • sariyog‘ — 2 qoshiq
  • jigarrang shakar — 2 osh qoshiq
  • dolchin — bir chimdim
  • muskat yong‘og‘i (maydalangani) — bir chimdim
  • zanjabil — bir chimdim

Tayyorlanishi:

  1. Qovoq bo‘laklarini tozalang va katta bo‘laklarga bo‘ling.
  2. Sariyog‘ni eritib oling, pishirish idishini yog‘lang.
  3. Idishning ustini pergament bilan yoping, qovoqni qo‘ying va qolgan qismini sariyog‘ bilan yog‘lang.
  4. Ustiga ziravorlar va shakar seping.
  5. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdiring va qovoqlarni 20 daqiqa davomida pishiring.
  6. Bo‘laklarni aylantiring, yog‘ va ziravorlar solib yana 10 daqiqa pishiring.

Qo‘ziqorinli pishirilgan qovoq

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • kichik qovoq — 4 dona
  • qo‘ziqorin — 250 g
  • ismaloq — 200 g
  • piyoz — 1 dona
  • sarimsoq — 1 bo‘lakcha
  • tuz, qalampir —  ta’bga ko‘ra
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • qattiq pishloq — 80 g
  • baton — 1 dona
  • muskat yong‘og‘i (maydalangan) — ta’bga ko‘ra
  • yog‘li qaymoq ​​— 100 ml
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqning yuqori qismini kesib tashlang, biroq uni tashlamang. Urug‘larni tozalang, tuz va qalampir qo‘shing.
  2. Piyozni yarim halqalarga kesib oling, yumshoq bo‘lgunga qadar sariyog‘ bilan qovuring.
  3. Ustiga qo‘ziqorin, ezilgan sarimsoq qo‘shing,  5 daqiqadan so‘ng, ismaloq barglarini soling. Yumshoq bo‘lguncha qovuring.
  4. Nonni mayda bo‘laklarga kesib oling, unga qo‘ziqorinlarga qo‘shing va muskat yong‘og‘ini seping. Ularning ustiga qaymoq qo‘shing.
  5. Pishirish varag‘ini yog‘lang, sabzavotlarni qo‘ying, qovoqning ustini qovoq bo‘lagi bilan yoping.
  6. Qovoqni 180 daraja haroratda qizdirilgan pechda 1,5 soat davomida pishiring. Keyin qovoqning ustidagi bo‘laklarni olib tashlang va sabzavotlar qizarguncha yana 20 daqiqa pishiring.

От qwert.uz