AQSH prezidenti Donald Tramp TrumpRx nomli hukumat saytini ishga tushirdi. Sayt orqali amerikaliklar dori-darmonlarni arzonroq narxlarda sotib olishi mumkin. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Ta’kidlanishicha, dorilar to‘g‘ridan to‘g‘ri saytda sotilmaydi, biroq foydalanuvchilar u yerda retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlarni topib, ularni xarid qilishda qancha tejashlari bilib olishlari mumkin. Aynan shu narxda dori vositasini sotib olish uchun kuponni yuklab olib, uni hamkor dorixonalardan birida ko‘rsatish lozim. Portal kerakli dorini bevosita ishlab chiqaruvchidan xarid qilishni taklif etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sayt ishga tushirilganda 40 ga yaqin dori-darmon, jumladan, vazn yo‘qotishga yordam beruvchi preparatlarni topish mumkin bo‘lgan. Biroq jurnalistlar iste’molchilar haqiqatan ham Donald Tramp va’da qilganidek sezilarli chegirmalarga ega bo‘lishiga shubha bildirmoqda. Shu bilan birga, AQSHning bir qator farmatsevtika konsernlari allaqachon TrumpRx veb-sayti orqali o‘z mahsulotlarini chegirma bilan taklif qilishga rozilik bildirgan.

AQSH dori-darmonlar sotiladigan eng qimmat bozorlardan biri hisoblanadi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida esa bozorni tartibga solish qoidalari odatda qat’iyroq bo‘lib, maksimal narxlar bo‘yicha kelishuvlar mavjud.

AQSHda uzoq vaqtdan beri dorilar narxidagi farq bahslarga sabab bo‘lgan. O‘tgan yilning avgust oyida Tramp mamlakatdagi dori vositalari narxlarini 1 200 foizdan 1 500 foizgacha pasaytirganini ma’lum qilgandi.

author info

Umidjon Mamarasulov

От qwert.uz