
Hayvonlarning irsiy xulq-atvor shakllarini o‘rganuvchi olim-etologlar tushdagi parvozlarni inson xotirasiga yozilgan qadimiy genetik dasturning ko‘rinishlaridan biri deb hisoblashadi. Taxminan 25 million yil avval gibbonlar bilan umumiy bo‘lgan maymun ajdodlarimiz qo‘llarida tebranib, shoxdan shoxga uchib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lishgan.
Manba: — «Factodrom.com»
Bu qobiliyat braxiatsiya deb ataladi. Evolyutsiya inson va boshqa maymunlar uchun boshqa yo‘lni tayyorladi, gibbonlar esa uchish ko‘nikmalarini rivojlantirishda davom etib, hayratlanarli cho‘qqilarga erishdilar: ularning parvoz-sakrashlari o‘n metrga yetadi, hatto bu raqamdan oshishi ham mumkin.
Ajdodlarimizning braxiatsiyaga bo‘lgan qobiliyatini nafaqat tushimizdagi parvozlar, balki qo‘llarimiz, aniqrog‘i, kaftlarimiz ham eslatib turadi. Inson kafti, shubhasiz, juda murakkab manipulyatordir, biroq uning eng oddiy va qadimiy funksiyasi — shoxni mahkam ushlab, jipslashishdir. Bu eng oddiy tug‘ma reflekslardan biri: go‘dakning kaftlariga barmoqlaringizni yaqinlashtiring va u darhol ularni shunchalik mahkam ushlab oladiki, uni bemalol ko‘tarish mumkin. Bundan tashqari, uzoq o‘tmishdan bizga va bolalarimizga arg‘imchoqda uchishga bo‘lgan muhabbat ham o‘tgan. Shuningdek, barchaga ma’lum bo‘lgan balandlikdan yiqilish haqidagi dahshatli tush ham shular jumlasidandir. Ammo bizning braxiator-ajdodlarimiz uchun mo‘ljalda adashish va qulab tushish — tungi dahshat emas, balki mutlaqo real daxshat bo‘lgan.
