“Til o‘rganish miya qarishini sekinlashtirishi mumkin”. Yangi tadqiqot xulosalari e’lon qilindi

Manba: Filmdan kadr

Barselonada bo‘lib o‘tgan Yevropa nevrologiya jamiyatlari federatsiyasi forumida taqdim etilgan tadqiqot davomida olimlar 728 kishining miya skaneridan foydalandi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ular miyaning turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasiga asoslanib, uning biologik yoshini baholaydigan “miya qarishi soati” deb nomlangan asbobni yaratdi. So‘ngra jamoa xuddi shu modelni 144 kishidan iborat boshqa guruhga tatbiq etdi, ularning ayrimlari to‘rt xil tilda so‘zlashardi.

Natijalar hayratlanarli bo‘ldi: inson qancha ko‘p til bilsa, uning miyasi shunchalik yosh ko‘rinarkan. Faqat bitta tilni biladiganlar bilan solishtirganda, ikki tilni bilish miyaning olti yoshga, uch tilni bilish yetti yoshga, to‘rt tilni bilish esa naq 13 yoshga yoshroq ko‘rinishi bilan bog‘liq ekani aniqlandi.

“Sodda qilib aytganda, ko‘p tillarda so‘zlashadigan odamlarning miyasi o‘zlarining xronologik yoshiga nisbatan kutilganidan ancha yosh ko‘rindi”, deya qayd etadi Ispaniyaning San-Sebastyan shahridagi Bask bilish, miya va til markazi ilmiy direktorining o‘rinbosari Lusiya Amoruzo.

Исследования показали: чем больше иностранных языков знает человек, тем моложе его мозг.

Muhimi shundaki, samara faqat tillar soniga bog‘liq bo‘lmagan. “Tilni puxta bilish va ikkinchi tilni erta o‘zlashtirish ham miya qarishining kechikishi bilan bog‘liq bo‘lgan, — deya tushuntiradi Amoruzo. — Bu ko‘p tillilik tajribasining o‘ziga xos darajalari borligini ko‘rsatadi: gap shunchaki ikki tilda so‘zlasha olish yoki olmaslikda emas, balki til tajribasining chuqurligi va davomiyligidadir”.

Endi tadqiqot mualliflari til ko‘nikmalari miyaning degenerativ kasalliklari, xususan, Alsgeymer xastaligi rivojlanishiga ta’sir qila oladimi yoki yo‘qmi, shuni o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Afina milliy universiteti professori Kristina Dalla tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, yosh o‘tgan sari miya salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘pligini ta’kidladi.

“Bizga ma’lumki, chekishdan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish, ijtimoiy, ijodiy va jismoniy faollik yordam berishi mumkin. Hayotimiz davomida miyamizdan qanday foydalanishimiz, ayniqsa, bizdan g‘ayrat talab qiladigan bilim olish bilan mashg‘ul bo‘lsak, uning keksalikdagi salomatligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deydi u.

Важно, что начинать учить иностранный язык никогда не поздно.

“Ushbu tadqiqot ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi tilni o‘rganish miyamizning uzoqroq vaqt yosh qolishiga yordam berishi mumkinligini ko‘rsatadi. Buni qanchalik erta boshlasak, shunchalik yaxshi bo‘ladi”, deya xulosa qiladi Dalla.

Shu bilan birga, u tillarni o‘rganish har qanday yoshda — muloqot, madaniy rivojlanish va miya salomatligi uchun ham foydali ekanini ta’kidlaydi. Bu qiyin tuyulsa-da, bunday “aqliy gimnastika” kelajak uchun foydali sarmoyaga aylanishi mumkin.00

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz