Vitamin D allaqachon faqat «suyaklar uchun vitamin» deb hisoblanishdan to’xtagan. Bugungi kunda bu modda kaltsiy va fosfor almashinuvida, immun tizimi, mushaklar, miya ishida ishtirok etadigan va hatto surunkali kasalliklar xavfiga ta’sir ko’rsatadigan gormonsimon modda ekanligi ma’lum.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Yangiliklar muallifi

Organizm vitamin D ni oziq-ovqat bilan oladi va quyosh nuri ta’sirida terida sintez qiladi. Zamonaviy odam, ayniqsa shimoliy kengliklarda yashaydiganlar, ushbu muhim vitamining zarur miqdorini olish uchun quyoshda yetarli vaqt bo’lmaydi.
Ayniqsa xavfli tomoni shundaki, vitamin D (kaltsiferol) yetishmovchiligi oylab deyarli sezilarsiz o’tishi mumkin, uning dastlabki belgilarini esa charchoq, yosh, ekologiya, «yomon kayfiyat»ga yo’yishadi. Shu bilan birga, defitsit haqiqatan ham suyaklar, yurak, immunitet va nerv tizimi salomatligi uchun xavflidir. Biz vitamin D yetishmovchiligining 8 kutilmagan, ammo tipik belgilarini to’pladik, ularga albatta e’tibor qaratish lozim.
Surunkali charchoq
Lanjlik va «hech narsaga kuch yetmayapti» degan tuyg’u — vitamin D yetishmovchiligining eng ko’p uchraydigan, ammo noaniq belgilaridan biridir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kaltsiferol defitsiti uyquni buzishi mumkin, yetarsiz uyqu esa kunduzgi charchoqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, vitamin D yetishmovchiligi bilan bog’liq umumiy yallig’lanish va neyromediatorlar ishining buzilishi o’z-o’zidan energiya darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Mushak va bo’g’imlardagi og’riqlar
Vitamin D ning past darajasi umumiy (tizimli) yallig’lanish bilan bog’lanadi. Organizm bunday yallig me’yoriga immun javobini berish uchun kimyoviy moddalarni ajratganda, ular mushaklar va bo me’yoriy bo’g’imlarda darbadar og’riqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Subyektiv ravishda bu hech qanday aniq sababsiz tana a’zolarining qaqshab og’rishi kabi his qilinadi. Ko’pchilik odamlar yillar davomida bu alomatlarni davolashadi, lekin ularning vitamin D yetishmovchiligi bilan bog’liqligini shubha ham qilishmaydi.
Tez-tez yuqadigan infektsiyalar
Vitamin D immun tizimining ishini tartibga solishga yordam beradi va uning defitsiti insonda infektsiyalarga, ayniqsa retsidiv nafas yo’llari kasalliklariga (shamollash, gripp) moyillikni oshirishi mumkin.
Yo’tal, hansirash va nafas yo’llarining surunkali yallig’lanishi bilan tavsiflanadigan surunkali obstruktiv o’pka kasalligi (SO’OK) ham ko’pincha vitamin D yetishmovchiligi va organizmning infektsiyalarga yuqori beriluvchanligi bilan bog’liq.

Tushkun kayfiyat va depressiya
Vitamin D ning past darajasi va depressiya o’rtasida aniq bog’liqlik mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, vitamin D yetishmovchiligi kayfiyatni boshqaradigan neyromediatorlar disbalansiga olib kelishi mumkin. Odamlar quyosh nuri yetishmasligi sababli depressiyaga tushadigan mavsumiy affektiv buzilish (MAB) ham vitamin D tanqisligi bilan bog’liq.
Suyak sinishlari
Vitamin D butun umr davomida suyaklar salomatligi uchun zarurdir. Agar bolalarda kaltsiferol yetishmasligidan raxit — suyaklar shakllanishining buzilishi va ularning deformatsiyasi rivojlansa, kattalarda vitamin D past darajada bo’lganda allaqachon shakllangan suyak toqimasi zichligining kamayishi bilan bog’liq holatlar — osteopeniya va osteoporoz yuzaga keladi.
Kattalarda suyak zichligining kamayishi dastlabki bosqichda umuman sezilmaydi, lekin hatto kichik zarbalardan ham sinish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Inson noqulay burilguncha yoki qo’rqinchli darajada toyib ketguncha hech narsani his qilmasligi mumkin, sinish hatto yo’talgan yoki og’irlik ko’targan vaqtda ham sodir bo’lishi mumkin.

Tarqoq skleroz
Tarqoq skleroz — bosh va orqa miyadagi yallig’lanish jarayonlari fonida yuzaga keladigan surunkali nevrologik kasallik. Ushbu kasallik mexanizmlari fanga hali to’liq ma’lum bo’lmasada, vitamin D yetishmovchiligi va tarqoq skleroz rivojlanish ehtimoli o’rtasidagi bog’liqlik ko’plab tadqiqotlar bilan isbotlangan.
Yurak kasalliklari
Vitamin D yetishmovchiligi yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishi bilan ishonchli ravishda bog’liq. Kaltsiferol tanqisligi tomir devorlarining yallig’lanishini hamda bu bilan bog’liq tomirlar tonusi va yurak mushaklari ishining buzilishini keltirib chiqaradi. Amaliyotda bu arterial bosimning oshishi va infarktning yuqori xavfi bilan namoyon bo’lishi mumkin.
2-tur diabet va semizlik
2-tur diabet, metabolik sindrom, insulinga chidamlilik va semizlik bir-biri bilan bog’liq hamda vitamin D yetishmovchiligi bilan bog’liqligi isbotlangan. Bunday bog’liqlikning asosiy sabablaridan biri — tizimli yallig’lanish va buning natijasida to’qimalarning insulinga sezgirligining pasayishidir. Kaltsiferol yetishmasligi bo’lgan odamlarda qonda shakar miqdorining oshishi va abdominal semizlik ko’proq uchraydi.

Sog’lom kattalarga kuniga taxminan 600–800 XE (15–20 mkg) vitamin D olish tavsiya etiladi, ammo mavjud defitsitda shifokor qondagi kaltsiferol darajasi nazorati ostida vaqtincha yuqoriroq dozalarni tayinlashi mumkin. Vitamin D eng ko’p yog’li baliqda (losos, sardina, skumbriya, seld), baliq yog’ida, tuxum sarig’ida, boyitilgan sut va ba’zi margarinlarda bo’ladi. Quyoshda oqilona bo’lish ehtiyojlarni qisman qoplaydi, ammo ultrabinafsha nurlarining ortiqchaligi terining saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinligini eslash muhimdir.
Tavsiflangan alomatlar noaniqdir — charchoq va depressiya vitamin D yetishmovchiligisiz ham paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun, agar siz o’zingizda bir yoki bir nechta belgilarni payqasangiz, ayniqsa xavf guruhlariga kirsangiz (quyoshda kam bo’lasiz, shimolda yashaysiz), qondagi vitamin D darajasiga tahlil topshirish va natijalarni shifokor bilan muhokama qilish mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Avvalroq har kuni kefir ichilsa nima bo’lishi haqida gapirib bergandik.

